Rasmiy Oq uy va Pxenyan örtasidagi ziddiyat Janubiy Koreyadagi moliyaviy şaroitlarni tez özgarib borayotganiga ta'sir qilaversa, hukumat iqtisodiyotni barqarorlaştiriş uçun amaliy çoralarni qöllaşi mumkin. Bu haqda mamlakat Moliya vaziri Kim Dong Yon çorşanba kuni ma'lum qilgan. Şuningdek, u koreys bank-moliya amaliyotlari bir maromga tuşib borayotgani haqida fikr bildirgan.

Bugun, 16 avgust kuni Janubiy Koreya Moliya vaziri va mamlakat Markaziy banki raisi Li Ju Yul bilan birgalikda ayrim masalalar haqida kelişib oliş uçun uçraşadi. Lining aytişiça, Markaziy bank tuzilmasi va imkoniyatlariga Şimoliy Koreyaning tahdidlari salbiy ta'sir qila olmaydi.

Şimoliy Koreya hujumni noma'lum muddatga qoldirgani haqidagi xabar birja bozorini ham jonlantirib yubordi. Şu qisqa vaqt içida esa xorijiy sarmoyadorlar tomonidan 1,31 trillion vonga teng aksiyalar sotib olingan.