Turli maxfiy ma'lumotlarni foş etişga va omma e'tiboriga havola etişga ixtisoslaşgan WikiLeaks sayti asosçisi Julian Assanj Rossiyaning AQŞ prezidentlik saylovi kampaniyasida Demokratik partiyasi serverlari buzilişiga aloqasi yöqligini ta'kidladi. U Kongressning respublikaçi a'zosi Dana Rorabaxer bilan uçraşuvda şunday bayonot berdi, deb yozmoqda Hill gazetasi.
"Biz 3 soat uçraşuvimizda qator masalalarni muhokama qildik, jumladan ötgan yilgi prezidentlik saylovlari çoğida Demokratik partiya elektron maktublarining WikiLeaks saytiga berilişini ham", — deya Rorabaxer sözlarini yeltiradi naşr. "Julian qat'iy ravişda ruslarning uşbu maktublarni buziş yoki foş etilişiga umuman aloqasi yöqligini aytdi", — degan siyosatçi.
Kongressmenning qöşimça qilişiça, u prezident Donald Tramp bilan uçraşuvda batafsilroq ma'lumotni taqdim qilişni rejalaştirmoqda.
"Julian, şuningdek, Demokratik partiya elektron maktublari bilan boğliq vaziyatning jamoatçilikka ma'lum bölmagan qismlari böyiça hamkorlikka tayyorligini bildirdi", — deb qöşimça qildi Rorabaxer.












