“Mana, özinglar köryapsizlar, soppa-soğ yurgan ayrim odamlar ellikka kirmasdan turib tösatdan insult bölyapti, infarkt bölyapti. Sababini suriştirsangiz, boşqalardan qolmaslikka tirişib, katta töy qilaman, deb qarzga botgan böladi. Hali qarzidan qutulmasdan, yana töy qilişi kerak. Oçiğini aytadigan bölsak, töy-haşamlar bilan boğliq ortiqça xarajatlar ming-minglab oilalarning nafaqat iqtisodiy ahvoliga, balki, butun hayotiga jiddiy salbiy ta'sir körsatmoqda.

Bugun hayotimizda köpayib borayotgan oilaviy mojarolar, uruş-janjallar, ajralişlar, qudalar örtasidagi sovuqçilik sabablari ham aksariyat hollarda xuddi şu narsaga borib taqaladi”.

Şavkat Mirziyoyev,

Özbekiston Respublikasi Prezidenti.
 

Ergaş Karimovning «zambaragi»

— Neçta qöy oldingiz?

— Bitta qözi...

— Önta qöy nima böladi?..

* * *

— "Vodoprovod" suvi kerak emasmi? Balki "asfalt" tekislaydigan maşina kerakdir?.. Ölgan buvisiga yangi kafan, otasiga - aroq zavodi, onasiga - kampit zavodi, singlisiga — kiyim fabrikasi... sizga esa — zambarakning öqi...

* * *

Zukko öquvçi bu lavhalar qaysi filmlardan ekanini darrov fahmladi. Eng qiziği, bu filmlar allaqaçon tarixga aylangan bölsa-da, undagi voqealar bugungi töylarimiz haqida sözlayotgandek tuyulaveradi. Nega şunday deysizmi? Negaki, "töyimiz mahallada duv-duv gap bölsin", deb hoyu havasga berilgan Poşşaxon bugun isrofu uvoldan qörqmaydigan, töydan keyin rözğori noçorlaşib qolişini xayoliga ham keltirmaydigan bugungi ayrim ayollarga öxşamaydimi? Yoki ösal yotgan qarindoşidan tortib, kuyovning bojasi, hatto "magnitafon jinnisi" bölgan kiçkintoylargaça siylab, "tağin nimani unutdik?" deb turgan burungi kayvonilar bugungisidan nimasi bilan farq qiladi?

"Artistlar ikki "gruppa" bölişi kerak...". Filmda kelinning toğasi bu gapni aytgan paytda hali kötarma kranli videostudiya va şokolod iforini pufak qilib soçadigan uskunalar, töyxonaning tört tomonidagi töy jarayonlarini körsatib turadigan ulkan monitorlar kaşf etilmagan edi. Yoki 10 juft qora "Captiva"dan kortej tuzib, köça aylanişlar bölmagan. Yoki töy oqşomida kelin va kuyov alohida "vals"ga tuşişi, ikki-uç soatgina turadigan millionlab sömlik sahna bezaklari, "fotosessiya", "videoklip"lar, odam böyi barobar dabdabali albomlaru Hollivud kinolari singari dabdabali disklar bölmagan. Agar bölganida bormi, bugungi yoşlar bundanda boşqaçaroq "hunar"larni öylab topişarmidi...

Öylab qolasan-da kişi, öşanda Ergaş Karimov zambarakning öqini qattiqroq otmagan ekan-da - "gumbur" etib, bu yaramas illatlar tag-tugi bilan yöqolib ketarmidi?!

«Orzu-havas» niqobidagi kibr

Xalqimizda "muşuk tekinga oftobga çiqmaydi", degan ajoyib maqol bor. Hamma ham birdek töy qila olmaydi-ku! Ayrim boyvaççalar farzandimning köngli öksimasin, deb oğzidan çiqqanini muhayyo qilişayapti. "Önta "Captiva" nima böpti, istasang, önta oq, önta qorasini darvozamiz tagiga tizib qöyaman. Eng muhtaşam töyxonada 1000 kişilik bazm uyuştiraman. Göşt "tizdan", aroq göyo daryo bölib oqadi", — deydi. "Qilsam, öz qizimga, yagona farzandimga qilayapman-ku! Elu yurt bolamga qançalik mehribon, "orzu-havasli" odam ekanimni körib qöysin", — deydi. Öşa kuni dasturxonga qöyilgan qöyu kurkaning tandir göşti, tovuğu baliq, bananu kivi, rang-barang salatlar, turli xil içimliklar, suyuğu quyuq ovqatlar... ehhe, buni körgan odamlarning oğzi lang oçilib qoladi. Uning ustiga Toşkentdan kelgan, bundayroq rözğorning bir-ikki yillik xarajatini ikki soatda işlab ketadigan kazo-kazo san'atkorlar kuylab turibdi. Şu davrada ötirganingdan söng töy egasining hurmati uçun öşa san'atkorning çöntagiga 10-15 ming söm solib qöymasangiz, uyat böladi-da. Stoling yoniga kelib, qiyşanglayotgan öyinçini ham quruq qöl bilan qaytarib köring-çi, qöyadimi sizni. Musiqa va san'atkor ovozi şunçalik balandki, yonginangizda ötirgan kişi bilan suhbatlaşa olmaysiz-yey. Şovqindan quloq pardalaringiz zirillab, uç kun garangday bölib yurasiz.

«Ellikka kirmasdan infarkt bölişayapti...»

"Qilsa öz farzandi uçun qilibdi, özining mablağidan qilibdi, sizga nima?" deguvçilar ham topilib qolişi mumkin. Ularning fikrlarini inkor eta olmayman. Ammo bunday serhaşam töylarni körgan yoşlar undan andaza olişayapti-da. Onasiga, otasiga xuddi şunday töy qilib berasiz, yöqsa, töy bölmaydi, deb şart qöyişayapti-ku! Kuyovga "eşigim yonida önta qora "Captiva" qator turmasa, çiqmayman", deb oyoq tirab turgan kelinçaklar kammi? Töğri, "bir kunlik töy ötadi-ketadi", lekin... töydan keyin olingan qarzlarni qaytariş qançalik katta maşaqqat ekanini dabdababozlarimiz nega öylab körişmayapti?

Şu yil 3 avgust kuni bölib ötgan mamlakat ijodkor ziyolilari vakillari bilan uçraşuvda Prezident uşbu fikrlarni bildirdi:

"Mana, özinglar köryapsizlar, soppa-soğ yurgan ayrim odamlar ellikka kirmasdan turib tösatdan insult bölyapti, infarkt bölyapti. Sababini suriştirsangiz, boşqalardan qolmaslikka tirişib, katta töy qilaman, deb qarzga botgan böladi. Hali qarzidan qutulmasdan, yana töy qilişi kerak. Oçiğini aytadigan bölsak, töy-haşamlar bilan boğliq ortiqça xarajatlar ming-minglab oilalarning nafaqat iqtisodiy ahvoliga, balki, butun hayotiga jiddiy salbiy ta'sir körsatmoqda. Bugun hayotimizda köpayib borayotgan oilaviy mojarolar, uruş-janjallar, ajralişlar, qudalar örtasidagi sovuqçilik sabablari ham aksariyat hollarda xuddi şu narsaga borib taqaladi".

Ota hasrati

Bu fikrga misollar juda köp. Mana, yaqinda nişonlik bir tanişim meni töyga aytdi. Kenja qizini uzatayotgan ekan. Uyiga emas, Qarşi şahridagi muhtaşam bir töyxonaga peşinda keling, dedi. Hayron böldim. Qiz çiqarayotgan kişi töyni uyida, qöni-qöşnini, yoru birodorlarini aytib, oş damlab, ötkazardi. Qiz öz uyidan otasi tizzasiga boş qöyib, rozi-rizolik sörab çiqib ketardi. Ota esa oq fotiha berardi. Endilikda bu marosim töyxonaga köçirilibdi. Endi bir öylab köring, Nişon qayoqdayu Qarşi qayoqda. Qiz çiqaruvçi qöni-qöşnisi, qavmu qarindoşi va döstu yorlariga avtobus yollab, Qarşiga olib boradi. Töy tugagaç, tağin olib qaytadi. Bundan taşqari, öşa töyxonaga kamida 250 kişiga ijara haqi tölaydi. Masalliğu, meva-çeva, non, qand-qurs, içimlik, san'atkor, davraboşi, video va boşqa xarajatlarni aytmaysizmi?

— Nimaga kerak sizga şunça taşviş, töyni uyda, kiçikroq davrada ötkazsangiz bölmaydimi? - dedim öşa tanişimga.

— Qaniydi uydagilar rozi bölişsa, — deydi u. — Jon-jon deb bazmni xonadonimda ötkazardim, lekin qizim yiğlab ötiribdi. "Buyoği Samarqandu Buxorodan, Andijonu Toşkentdan kursdoşlarim keladi, ularning köpçiligi töyni şinam töyxonalarda qilgan, men ulardan kammi?", deydi. Onasi ham, amma-xolalari ham menga "ziqnalik qilib, kenja qizingizni öksitmang", deyişayapti. Barça şunday qilayapti, nima qilay, qaniydi şu töydar ixçamlaşsa. Menga ham yaxşi bölardi. Töyni restoranda ötkaziş uçun ançagina qarz kötardim, uni uziş haqida öylasam, yuragim uvişib ketadi. Rostini aytsam, ota sifatida dabdabali töyni ixçamlaştirişga qurbim yetmadi.

Kuyov rulda, kelin «rol»da...

Töy, bu inson hayotining quvonçli onlaridir. Odamzod bir kunlik töy uçun bir umr yiğinib yuradi. Elga töy bermoqni şaraf, deb hisoblaşadi. Bu xalqona va qadimiy qadriyat. Lekin şu keyingi paytlarda töylar dabdababozlik bilan ötayapti. Har yili yangi-yangi "odat"lar öylab topilayapti. Mana, qarang, "Captiva"lar karvonida kelin-kuyovni şaharda aylantirişlarga endi könika boşlaganimizda, kuyovning rulga ötirib, kelinni yoniga olib, şaharni sayr qiliş odati ham "urf"ga kiribdi.

— Bu "odat"ga men umuman qöşilmayman, — deydi kosonlik yoşlardan biri Elboy Qulmanov. - Kuyov tajribali haydovçi bölganida ham töy kunidagi hayajon, "baxtli onlar sururi", qolaversa, uzundan-uzun avtokarvon salobati uni hovliqtirişi, çalğitişi tabiiy. Buning oqibati yaxşilik bilan tugamasligi mumkin. Bu kabi yangiça "urf-odat"larni kim çiqarayapti? Yoşlarmi? Yoki beş-tört söm pul işlab oliş ilinjida töylar böyiça xizmat körsatuvçi tadbirkorlar öylab topişayaptimi? Agar ular öylab topişayotgan bölsa, yoşlar ularga kör-körona ergaşaveradimi?

Tasavvur qiling, kuyov qora kostyum-şim, oq köylak va galstukda rulda maşina haydab borayapti. Kelin qimmatbaho harir köylakda, turfarang böyoqlar ostida tuqqan onasi ham taniyolmaydigan qiyofada, "baxtiyor suluv" rolida kuyov yonida ötiribdi. "Baxtiyor juftlik" yöl-yölakay suhbatlaşib ketişmoqda. Ularni suratga va videoga olişmoqda. Bu jarayon aynan gavjum va serqatnov şahar köçalarida röy berayotganiga nima deysiz? Ruldagi kuyov bexosdan ehtiyotsizlik qilib qöysa nima böladi? Töy bir lahzada azaga aylanmaydimi? Bu haqda yoşlar boş qotirişmasa, loaqal ota-onalar öylab körişsa bölmaydimi? Darvoqe, bugun şaharlarimiz köçalarida haşamatli ot-aravada sayr qilayotgan "romantika"ga işqiboz "baxtiyor juftlik"lar ham köpayib qoldi. Bu ketişda erta-indin "romantik"larimiz vertolyotda sayr qilamiz, deyişsayam indamay qarab turaveramizmi?

«Şiki-şiki ba-ba...»

Bu qöşiqni eşitgansiz. Qaysi tildaligini bilmadimu, özbek töylarida, aynan kelin-kuyov bazmida betayin bu qöşiq bir neça bor yangrayapti. Sözi va ohangiga mos tarzda yigit-qizlar tebranişayapti. Bu holatni körib, qani özimizning özbekona kuy, qani "Töylar muborak" yoki xalqona ohangdagi özbekça yallalar, degim keladi. Yuraklarga orom baxş etuvçi özbekça qöşiqlar yöqmi? Bor bölsa, nega yoşlarimiz qandaydir "Şiki-şiki ba-ba" deb aytiluvçi, ma'nosi nima ekanini anglamay turib unga raqsga tuşib yotişibdi?

Töylarimizda ona yurt, Vatan, oila, baxt, muhabbat va tinçlik haqida qöşiqlar aytilsa, qanday yaxşi. Ham ohanglari dilni yayratadi, ham sizni şu aziz vatanga bölgan muhabbatingizni yuksaltiradi. Lekin töylarda san'atkorlar özi istagan qöşiqni kuylayverişadi. Heç kim ularga "bu qöşiqni aytma, davraga mos emas", demaydi-da. Aslida, bu gaplarni ularga kim aytişi kerak? Töyni egasimi yoki mahalla raisimi? Ana şunday tartib örnatilmagani uçun ham töylarimizda "Sop-sari", "Oyşa", "Yomonsan", "Yoşsan", "Captiva minadi zamonamiz qizlari" "Çal-çalay, çal-çalay" kabi ma'naviyatimizga zid va heç qanday ma'no-mohiyat kasb etmagan "qöşiq"lar aytilmoqda.

— Televideniye yoki radioda aytilayotgan qöşiqlar balki bir sidra "ğalvir"dan ötkazilar, lekin töylardagi qöşiqlarni heç kim nazorat qilmaydi, — deydi Qarşi muhandislik-iqtisodiyot instituti öqituvçisi Mansur Musayev. — Ayrim san'atkorlar aytayotgan qöşiqlar bemaza va betayin sözlardan iborat, musiqasi esa şovqin-suronni eslatadi. San'atkorlar töylarga mos qöşiqlarni saralab aytişsa, maqsadga muvofiq bölardi.

Xöş, bu haqda yoşlarning fikri qanday?

Qarşi san'at kolleji musiqa nazariyasi yönalişi öquvçisi Aziza Esonova fikrlari bilan qiziqdim.

— Töylarga taklif etilayotgan qöşiqçilar mening nazarimda san'atkor emas, balki biznes vakillariga öxşaşadi, — deydi u. — Ular san'atni biznesga aylantirib yuborişgan. Bölmasa, öz ustida işlab, xalqona laparlar, yallalar aytişsa bölmaydimi? Xalqimizning ma'naviy mulkiga aylangan qançadan-qança xalq qöşiqlari aytilmasdan turibdi. Ularga qayta jon baxş etiş bugungi san'atkorlarimizning vazifasi emasmi?

«Körpangga qarab oyoq uzat...»

Yaqinda Qarşi şahridagi töyxonalardan birida töy bazmidan qaytgan örtoğimning kayfiyati sal tuşkunroq edi. Uni gapga soldim.

— Töy yaxşi ötdimi?

— Dasturxon zör, kam-köstsiz, ammo şu artisti yoqmadi-da. Şovqinning kuçliligidan töyxonada ötirib bölmadi-yey. Na qöşiqning söziga tuşunasan, na musiqasiga. Ammo stolda yöq narsaning özi yöq. Rosa bezatişibdi, öziyam. Quyuğu suyuq ovqatlarni qöya turaylik, yaxna göştu "tandir"ning mölligi meni hayratlantirdi. Tortning kattaligini aytmaysizmi? Uni qayerda, neça sömga tayyorlatişdi ekan? Öylab qoldim, yaqinda özim ham töy qilsam, şunça narsa qöya olamanmi?

— Kim senga şunday tökin dasturxon yozgin deyapti, odmiroq qilaver.

— Yöq, jöra, bular şunday töy qiladi-yu, men qilmaymanmi? Qarz-havola qilib bölsayam qilaman.

Ha, şunaqa, töylar kimoşdi savdosi öxşab qoldi özi. Endi bu yigit çiranib bölsa ham töy dasturxoniga öşa boyvaçça kabi taom tortadi, Mayni ketma-ket qöyadi. Töy ötadi. Ertaga-çi? Uning holi ne keçadi? Nahotki bu haqda u boş qotirmaydi. Yillab yiqqan boyligini bir kunda yeldek sovurib yuborişning oqibatini. Balki u körpasiga qarab oyoq uzatsa yaxşi bölardimi? Nega unga mahalla raislari va oqsoqollar "haddingga qarab töy qil", deyişmaydi?

«Töyga borsang, töyib bor...»

Qişloqda bir odam odmiroqqina töy qilib, öğlini uylantirdi. Töğri, bazm töyxonada ötdi, qavmu qarindoş, döstu jöralar yiğildi. Dasturxonga ikki xil taom tortildi. Içimliklar ham me'yorida qöyildi. Serhaşam va tökin töy bazmlarida ötirib örganib qolgan ayrim kişilar biroz ranjişdi. Hatto bir kişi röy-rost aytdi ham:

— Oşu şörvadan boşqa narsa bermaysizlarmi, göşt olib keling, aroqdan quying, — dedi u.

Şunda uning yonida ötirgan keksaroq kişi tanbeh berdi:

— Bolam, töyga qorin töyğaziş yoki mayxörlik uçun kelinmaydi. "Töyga borsang, töyib bor", degan naqlni unutdingmi?

— Ey, otaxon, töy egasi elning dasturxonidan yegan-ku, endi uyam bersin-da ziqnalik qilmay, — dedi boyagi yigit tutaqib.

Bu suhbatni eşitib, hayron böldim. Axir bu ikki yoşning baxt töyi, "oşqozon bazmi" emas-ku! Töyga faqat yeb-içiş, şirakayf böliş uçun boriş ayrim kişilar uçun odat tusiga aylanib borayotgani açinarli hol.

— Ayrim kişilar töy dasturxonini şunçalik töldirib yuborişadiki, ovqat yoki piyolani qöyişga joy topolmay qolasiz, — deydi Qarşi şahridagi 35-maktab öqituvçisi Gulnora Möminova. — Bunaqa serhaşam dasturxonni men yoqtirmayman. Axir töyga töyib, taom yeyiş uçun borilmaydi-ku! Kelin-kuyovga baxt tilaş, tabrik sözlari aytiş, me'yorida raqs tuşiş yoki ularning qölini siqib, qutlaş kerak. Töylarimizda esa kelin-kuyov ustidan pul sotiş, gul otiş, katta tort yasatib, köz-köz qilib kesiş, kelin-kuyovni alohida valsga tuşişi kabi odatlar paydo bölayotgani kişini taşvişlantiradi. Farzandlarimizga yotiği bilan tuşuntiriş kerak, bir kunlik töyni dabdababozlikka aylantirişdan heç qanday naf yöq. Faqat "töy zör böldi", degan gap aytiladi-yu, bir-neça kundan keyin unutilib ketadi. Ota-onaning qarzga botgani, uni uzolmay yillab qiynalişlari qoladi.

— Yaqinda poytaxtimizda bir qaynona kuyov tomon yuborgan yopinçiq mato çet elniki bölmagani uçun töyni töxtatibdi, - deydi Toşkent davlat yuridik instituti talabasi Nurbek Toşkanov. - Eşitib hayron böldim, koşki edi öşa mato kelin-kuyovning baxtli hayot keçirişiga kafolat bera olsa. U bir parça mato-ku! Şuni deb, bir-biriga talpinib turgan ikki yoş baxti sarobga aylansa-ya. Bunday voqealar juda köp bölayapti. Gohida kelin öjarlik qilib, allambalo yangi odatlarni qilişga kuyovni undayotgan bölsa, ba'zida hoyu havasga berilgan kuyov yoki ota töyni haddan taşqari dabdabali qilib yuborayapti. Buning oldini oliş uçun, eng avvalo, yoşlar ma'naviyatini yuksaltiriş kerak. Men aminmanki, ma'naviyatli, madaniyatli va tuşungan yigit-qiz heç qaçon dabdabayu serhaşamlikka berilmaydi.

Va'daboz «vallomat»lar

Bir bölajak kelin-kuyovga "şu "Captiva"ning nima keragi bor, uning örniga birorta rözğorga zarur bir buyum olaylik", - debdi. Qarang, kuyov rozi bölmabdi-yey. "Meni kim deb öylayapsan, "Captiva" ham böladi, öşa sen aytgan buyumni ham olib beraman", - debdi. "Töyimiz eng katta töyxonada ötadi, dasturxon tökin böladi, artistu raisning, videostudiyaning eng zörini olib kelaman", — deya maqtanibdi.

Uyga kelsa, otasi va onasi boşini xam qilib turgan ekan. "Sen aytgan narsalarga pulimiz yetmaydi, bolam, töyni ixçamlaştiraylik", — deyişsa, "yöq, men kelinga va'da berganman", — deb sözida qat'iy turib olibdi.

Xöş, bunisiga nima deysiz? Özi asli yöq narsaga katta va'da berayotgan bunday "vallomat"lar qaydan paydo bölayapti? Koşki özi hali tayinli bir işning boşini tutib, uyga ikkita non kötarib kelgan bölsa...

Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev ijodkorlar bilan uçraşuvda sözlagan nutqida şunday degan edi:

"Yaqinda ötgan Yoşlar ittifoqi qurultoyida men yoşlarning oğzini poyladim. Birorta yigit yoki qiz çiqib, "Ey, döstlar, tengdoşlar, biz uylanamiz, turmuşga çiqamiz deb ota-onalarimizni nihoyatda qiynab qöydik. Kelinglar endi, ularni bunday oğir taşvişga qöymaylik, kelajagimizni, millatimizning şa'nini öylab, töylarimizni kamtarona, ixçam qilib ötkazaylik", degan gaplarni aytarmikan, deb kutdim. Afsuski, ulardan bu masalada heç qanday fikr eşitmadim".

— Ota-onalarimizni taşvişga qöyişni biz istamaymiz, — deydi Ğuzor tumanidagi Xalqobod qişloğida yaşovçi yoş tadbirkor Nigora Narzullayeva. — Afsuski oramizda dabdababozlikka mukkasidan ketgan tengdoşlarimiz bor. Ularga qarata aytmoqçimanki: "nikoh töyi qançalik kamtarona va çiroyli ötsa, ikki yoşning hayot yöli ham şunday çiroyli böladi. Hoyu havasga berilib, qilingan danğillama töy bir kunda ötib ketadi, u kelin kuyovga baxtu taxt tortiq eta olmaydi. Buni heç qaçon yodingizdan çiqarmang, tengdoşlar".

Bu «savdo» har kimning boşida bor...

Maqolani yozayotgan paytimda ayolim yonimga kelib:

— Dadasi, töy kunini qaçon belgilaymiz? - dedi.

Şunda özim ham yaqinda töy qilib, öğlimning boşini ikkita qiliş taraddudida yurganim xayolimga keldi.

— Töyni belgilaşdan oldin qudalar bilan bir gaplaşişim kerak, — dedim ayolimga.

— Nimani gaplaşasiz, hammasini el qatori qilaveramiz-da.

— Töğriku-ya, yana biroz ixçamlaştirsak, mana, masalan, şunça narsa beriş kerak, deb qayerda yozib qöyilgan?

— Ey, şu ziqnaligingiz qolmadi, qolmadi-da, agar berilayotgan narsalarni kamaytirsangiz, qudalar "nazari past ekan" demaydimi? Qöying, şu gaplarni, kim aytadi sizni, falon joyda işlaydi deb. Uning ustiga elning töyidan yeganmiz, biz ham yedirişimiz kerak-ku!

Mana, körayapsizmi, töyni ixçamlaştiriş bu birgina töy sohiblariyu sohibalarining ixtiyorida emas. Bu katta ijtimoiy muammo bölib, uni keng jamoatçilik, oqsoqollar, mahalla faollari hamjihatlikda yeçişi lozim.

* * *

Yurtimizda ayni töy mavsumi. Har kuni tongda karnay-surnay navosi eşitilib turibdi. Xalqimizning yaxşi kunlari köp-da. Iloyo, yaxşi kunlar, töyu tantanalar yanada köpaysin, har birimizni töylarga yetkazsin! Faqat töy-tantanani obro‘ orttiriş, martabaga erişiş, özini körsatib qöyiş uçun qilmaylik. Isrofu uvolni, insofu diyonatni yoddan çiqarmaylik. Bir kunlik töy ötadi-ketadi, lekin... Xalqimizda "Kengaşli töy tarqamas", degan gaplar ham bor-da...

Faxriddin BOZOROV,
jurnalist.