15 avgust kuni Milliy matbuot markazida Din işlari böyiça qömita, Özbekiston musulmonlari idorasi, Toşkent islom universiteti, Özbekistondagi Islom madaniyati markazi, Imom Buxoriy, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari iştirokida anjuman taşkil etildi. Anjuman "Mustaqillik yillarida vijdon va e'tiqod erkinligi sohasida erişilgan yutuqlar" mavzusiga bağişlandi. 

Tadbir vaqtida diniy ta'limni rivojlantirişda amalga oşirilayotgan işlar haqida ma'lumotlar berildi. Iştirokçilar orasida diniy libos masalasi ham örtaga taşlandi.  Vijdon erkinligi va diniy taşkilotlar töğrisidagi qonunning yangi tahriri, 14-moddasida "Fuqarolarning jamoat joyida diniy libosda yurişiga yöl qöyilmaydi" deyilgani, aslida diniy libos deyilganda qanday kiyimlar nazarda tutilişi haqida savollar yöllandi. 

"Muayyan bir dinlarda ayrim rasm-rusumlarni bajariş uçun kiyiladigan kiyimlar belgilab qöyilgan böladi. Aholimizning 94 foizidan ortiği islom diniga e'tiqod qiladi. Islom dinida ibodat qiliş uçun "bunisi - islom kiyimi, bunisi esa islom diniga zid", degan tuşunçalar yöq. Boşqa dinlarda esa ibodat marosimlarini ötkaziş uçun alohida liboslar kiyiladi. Islom dinida esa ibodat uçun diniy kiyim, degan mulohazalar noörin", deya qayd etdi Din işlari böyiça qömita raisi örinbosari Ötkir Hasanboyev.

Şuningdek, anjuman davomida ayollar örab yuradigan römol - diniy libos toifasiga kiriş-kirmasligi ham muhokama qilindi. 

"Din işlari qömitasi, mutasaddi taşkilotlar, maslahatçi-ekspertlar ham römolni heç qaçon diniy libos sifatida e'tirof etmagan. Agar römolni diniy libos sifatida qaralayotgan vaziyatga duç kelsangiz, bizga murojaat qilişingiz mumkin. Biz bu masalani körib çiqişga tayyormiz", dedi qömita raisi örinbosari.