AQŞda fuqarolik uruşi paytida janubliklar armiyasiga qömondonlik qilgan general Robert Lining evarasi Şarlotsvill şahrida yuz bergan töqnaşuvlarni qoraladi hamda Konfederatsiyalar davridagi haykallarga eng yaxşi joy muzey bölişini ta'kidlab ötdi. Bu haqda CNN xabar qilgan.
"Oxir-oqibat, kimdir qaror qabul qilişi lozim böladi, hamda agarda bu mahalliy ma'muriyat bölsa, mayli şunday bölsin. Biroq biz bu boradagi barça muloqotni nafrat va zöravonliksiz olib borişimiz darkor. Ehtimol, bu haykallarni muzeyga joylaştiriş töğri bölardi", - dedi 54 yoşli Robert Li V.
Virjiniyadagi maktabda sport direktori sifatida işlaydigan Li Şarlotsvilldagi töqnaşuvlarni “ma'nosiz” hamda oilasi uçun “qayğuli” deb atadi.
Avvalroq Trampning maslahatçisi Şarlotsvilldagi millatçilarni “masxarabozlar” deb atagandi.

















