Oq uyning boş strategi Stiv Bennon telefon intervyusida Şarlotsvillda tartibsizliklar keltirib çiqargan millatçilarni “masxarabozlar” deb atadi, deya yozmoqda Telegraph naşri.

Xabar qilinişiça, Bennon uning gaplari yozib olinayotganini bilmagan.

Naşr uning sözlarini Oq uyning kommunikatsiyalar böyiça sobiq rahbari Entoni Skaramuççi bergan intervyu bilan taqqoslagan. U öz hamkasblari haqida salbiy fikrlarni bildirgandi.

Şuningdek, Oq uyning katta maslahatçisi suhbat davomida ma'muriyatning Trampga, uning Şarlotsvilldagi hodisalar böyiça sözlari yuzasidan nisbatan bildirilayotgan tanqidlarga reaksiyasi haqida ham töxtalgan. Naşrning yozişiça, «Bennon özi Breitbart News sayti muharriri bölgan paytda rivojlanişiga yordam bergan millatçilik harakati haqida salbiy fikrlarni bildirgan».

Avvalroq Tramp OAVga maxfiy ma'lumot berilişida Stiv Bennondan gumon qilayotgani xabar qilingandi.