Gretsiyaning gaz taqsimlovçi DESFA tarmoğini sotib oliş borasida jiddiy qiziqiş bildirayotgan sarmoyadorlar hamda gazga bölgan içki talabning ortişi, mamlakat Janubi-Şarqiy Yevropada gaz sohasi markaziga aylanişi mumkin ekanidan darak bermoqda. Bu haqda «Interfaks» Hellenic Republic Asset Development Fund (HRADF) agentligiga asosan xabar qildi.
Aniqlik kiritilişiça, DESFA’ni xarid qiliş istagini önga yaqin ehtimoliy xaridorlar bildirgan, ular orasida Avstraliyaning Macquarie banki, Italiyaning Snam, Belgiyaning Fluxys, Niderlandiyaning Gasunie va Ispaniyaning Enagas kompaniyalari iştirokidagi konsorsium, Qatarning Powerglobe kompaniyasi bor.
«Şuni aytiş mumkinki, bunday natija sohadagi yirik öyinçilarning mamlakatning tabiiy gaz içki bozorini liberallaştiriş va gaz savdosi böyiça mintaqaviy markazga aylaniş borasidagi sa'y-harakatlariga yuqori işonç bildirayotganidan darak beradi», - deya xabar berdi Greek Energy Forum konsalting taşkiloti tahlilçisi Darya Noçevnik.
European Policy Center tahliliy markazi xodimi Marko Juliyaning ta'kidlaşiça esa, Gretsiya YeIning eng “kuçsiz” mintaqasi bölgan Janubi-Şarqiy Yevropada gaz yetkazib berişni diversifikatsiya qilişga ajoyib imkoniyati bor.
Kredit beruvçilar bilan kelişuv şartlariga köra, DESFA’ning xususiylaştirilişi joriy yilda yakuniga yetişi lozim.












