Xitoy Tyantszin universitetining bitiruvçisi, 23 yoşli Li Vensin ismli yigit ölimidan keyin moliyaviy piramidalar bilan kuraşiş böyiça kampaniyani boşladi. Yigit bunday piramidalardan biriga jalb qilingan bölgan. Bu haqda China Daily naşri xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, Xitoyning jamoat xavfsizligi vazirligi hamda sanoat va savdo davlat ma'muriyati ularning nazorati ostiga jumladan xodimlar yollaş agentligi ostida faoliyat yurituvçi moliyaviy piramidalar tuşişi haqidagi xabarni çop etgan.
Naşrning ta'kidlaşiça, piramidalarga qarşi kuraşga 4 ta davlat tuzilmasi jalb qilinadi.
Xitoy ijtimoiy tarmoqlarida oxirgi yillar moliyaviy piramidlar keng tarqaldi. 2016 yilda politsiya bu bilan boğliq 2826 ta holatni tergov qilgan, bu esa 2015 yildagidan 19,1 foizga köproqni taşkil qilgan.
2005 yildan 2015 yilgaça esa umumiy hisobda 21 904 ta firibgarlik sxemasi tergov qilingan.
Li Vensin Xitoydagi vakansiyalar sayti “Boss Çjipin” negizida qurilgan moliyaviy piramidalar taşkilotçilari qurboniga aylangan. Yigit bu sayt orqali iş qidirib, öz faoliyatini oddiy kompaniya körinişida olib boruvçi “De Beyley” moliyaviy piramidasiga işga qabul qilingan. Ma'lum bölişiça, bu piramida taşkilotçilari işga kirganlarni garovda uşlab, ularga nisbatan jismoniy zöravonlik qöllab, ularni qörqitib, ular va ularning yaqinlaridan qimmatbaho buyumlar va pullar talab qilişgan. Li Vensin ana şunday qurbonlardan biri bölgan.











