"Odnoklassniki" (OK) ijtimoiy tarmoği "Nastroyeniya" ("Kayfiyatlar") servisini işga tuşirdi. Foydalanuvçilar yangi funksiya yordamida döstlariga kayfiyat ulaşiş imkoniga ega bölişadi. Kompaniya xodimlari postlarning yangi formatini namoyiş qilişdi. 

"Odnoklassniki"ning "Nastroyeniya" servisi foydalanuvçilarga öz sahifasi lentasida yorqin fon va şunga muvofiq matnli status bilan bölişiş imkonini beradi. Şuningdek servis işlab çiqaruvçilari yirik şriftli yangi yozuv turini namoyiş qilişdi. 

Ekspertlarning sözlariga köra, uşbu yangiliklardan keyin ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilarining post yozişi faollaşgan. Profillar egalari maxsus belgilar, masalan, "Sçastliv" ("Baxtliman"), "Skuçayu" ("Soğinyapman"), "Xoçu podarkov" ("Sovğa xohlayman") yoki "Prazdnuyu" ("Nişonlayapman") kabilarga bosib, öz kayfiyatiga doir ma'lumotlar bilan bölişişlari mumkin.

"Nastroyeniya" servisidan saytning mobil va desktop versiyalarida foydalaniş mumkin. Tez orada yangi funksiya OK'ning Android va iOS operatsion platformalaridagi ilovasida ham paydo bölişi kutilmoqda.