- Kim bu?
- Uzr, adaşibman, şekilli...
Çamangul (ism-familiyalar özgartirilgan) begona yigit bilan ortiqça gaplaşişni istamay, telefonni öçirdi. Köp ötmay telefon yana jiringladi. Qarasa, yana öşa raqam, deb yozadi “Huquq” gazetasi.
- Eşitaman...
- Keçirasiz, ismingizni bilsam böladimi?
Çamangul yigitning surbetligidan jahli çiqdi.
- Ismimni nima qilasiz, sizni tanimasam, - deya yigit jyerkib berdi.
- Notaniş bölsak, endi tanişamiz-da, yaxşi qiz. Namunça qöpollik qilmasangiz. Çiroyli ovozingiz bor ekan, şu bois siz bilan tanişgim keldi.
Yigit uzoq gapirdi. Xuşomadlar qilib, qizning yuragiga çöğ taşladi. Çamangulning avvaliga jahli çiqqan bölsa, keyin yigitning sözlariga mahliyo böla boşladi. Gap orasida ismini ham aytib yuborganini sezmay qoldi.
- Mening ismim Dilşod. Sizga telefon qilib tursam böladimi?
Dilşod qizning jim qolganini rozilik alomatiga yöydi.
Telefon orqali uzundan-uzun suhbatlar boşlandi. Yigitning çiroyli sözlari, sevgi izhorlari qizning oromini butkul öğirladi.
- Bir uçraşmaymizmi?
- Bilmadim, uydagilar bilib qolsa, gap eşitaman.
- Qörqmang, heç kim körmaydigan, heç kim bilmaydigan joyda uçraşamiz, - dedi Dilşod qizning yöq deya olmasligini sezib. Qişloq joyda qiz bola bilan uçraşiş muşkul iş ekanligini, biror kişi körib qolsa, ortiqça ğalva çiqişi mumkinligini yigit yaxşi bilardi. Şu bois qizni Qarşi şahriga taklif qildi.
Birinçi uçraşuv ikkisiga ham ma'qul böldi. Şahar aylanib bölişgaç, Dilşod qizni örtoğining ijaradagi uyiga boşlab bordi.
- Bu yerda nima qilamiz, Dilşod aka?
Qiz uyga kirarkan, xavotirlanib xonalarga nazar taşladi. Dilşod esa javob beriş örniga uni mahkam bağriga bosdi.
Keyingi uçraşuvda Dilşod qizni yana öşa xonadonga boşladi. Çamangul yigitning va'dasida turişiga qattiq işongandi. Ammo...











