Özbekiston va Qirğiziston örtasidagi tovar aylanmasi 2017 yil 1-çoragi yakunlariga köra ötgan yilning şu davriga nisbatan 1,8 marotabaga oşgan. Bu haqda ikki tomonlama hamkorlik, çegaralarni delimitatsiya va demarkatsiyalaş böyiça huqumatlararo komissiya yiğilişida Qirğiziston boş vaziri Sooronbay Jeenbekov ma'lum qildi. 
     
Uning aytişiça, Qirğiziston Özbekistondan mineral resurslar, paxta xom aşyosi, avtomobillar, tibbiyot buyumlari va dori-darmonllar import qilişga tayyor. “Öz navbatida Qirğiziston oziq-ovqat va qayta işlovçi sanoat, göşt-sut, töqimaçilik mahsulotlari va boşqa tovarlarni eksport qilişga tayyor”, deb aytgan Jeenbekov.

Jeenbekovning aytişiça, savdo-iqtisodiy rejalarni amalga oşiriş uçun mavjud tösiqlar va çeklovlarni oliş böyiça faol işlar zarur. Boş vazirning ta'kidlaşiça, Qirğizistonning avtomobil, havo va temir yöl aloqasi, sayyohlikni rivojlantirişdan manfaatdor.