«Barselona» boş murabbiyi Ernesto Valverde Ispaniya superkubogi uçun «Real»ga qarşi keçgan javob uçraşuvi haqida öz fikrlarini bildirib ötdi. Qarama-qarşilikning umumiy hisobi – «qaymoqranglilar» foydasiga 5:1.
«Biz bu sovrinni qöldan boy berdik. Tan oliş kerak, raqib vaqti-vaqti bilan kuçliroq körindi, ayniqsa, birinçi bölim boşi va oxirida. Bizda bahsni özgartiriş imkoniyatlari böldi, biroq ulardan foydalana olmadik. Raqib faol bosim ötkazdi hamda bizni töpni yöqotganimiz uçun jazoladi. Biz jismoniy jihatdan tezroq tiklanişimiz lozim, sababi yaqinda Ispaniya çempionati boşlanadi. Superkubok – bu mavsumoldi tayyorgarlikning yakunlanişi, garçi bu sovrinni yutib olişni xohlagandik. Tiklaniş va oldinga qarab harakatlaniş lozim – boşqa iloj yöq. „Real“ni maqtab ötiş kerak, ammo hali hammasi endi boşlanmoqda. Bizni uzun mavsum kutmoqda. Futbolda mağlub bölmaydigan jamoa yöq, hamda „Real“ ham mağlubiyat alamini tatib körişi aniq», - deya Valverdening sözlarini keltiradi Marca.











