Afrikada boşqa joyga majburiy köçib ötganlar va muhojirlar soni 20 mln kişidan oşib, rekord darajaga yetdi. Bu haqda AQŞda faoliyat körsatuvçi Afrika strategik tadqiqotlari markazi hisobotida aytilgan.
Noqonuniy muhojirlar hisobga olinsa, ularning soni yanada köproq böladi.
Hisobotdagi ma'lumotlarga köra, 20 mln kişidan 63 foizi, ya'ni 12,7 mln nafarini majburiy köçib ötganlar, 33 foizini (6,7 mln) qoçqinlar, 3 foizini (690 ming) esa taşqi muhojirlar taşkil qiladi.
Majburiy köçib ötganlar va muhojirlarning 75 foizini Sudan, Janubiy Sudan, Kongo, Somali va Nigeriya fuqarolari taşkil qiladi. Ulardan keyin Markaziy Afrika Respublikasi, Eritreya, Burundi, Efiopiya va Kot-d'Ivuar fuqarolari keladi.
Afrikadagi 44 mln dan köproq odam şoşilinç gumanitar yordamga muhtoj yoki juda oğir şaroitlarda yaşaydi.
Hisobotda ta'kidlanişiça, Somali, Nigeriya va Janubiy Sudanning ba'zi hududlari aholisi oçarçilik yoqasida turibdi.
Ötgan yilning özida Markaziy Afrika Respublikasi, Keniya, Mali, Nigeriya, Somali va Janubiy Sudanda gumanitar taşkilotlarning 51 xodimi öldirilgan.












