Çiroqçi tumani “Zum” qişloğida yaşovçi Ismatulla Azimov Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasining “Işonç telefoni”ga murojaat qilib, viloyat köp tarmoqli tibbiyot markazida şifokorlar unga bepul berilişi lozim bölgan bir martalik sun'iy buyrak apparatini qayta-qayta işlatişga majbur qilişayotganini va boşqa kamçiliklarni bayon etgan. Uşbu şikoyat Qarşi şahar prokuraturasi tomonidan örganildi, deb yozmoqda “Huquq” gazetasi.

Aniqlanişiça, bemor I.Azimov mazkur tibbiyot markazida davolaniş mobaynida gemodializ muolajasini olib kelgan. Mazkur muolaja buyrakning ötkir va surunkali yetişmovçiligida qonni zararli moddalardan tozalaş maqsadida qöllaniladi. Bemorlarning bildirişiça, qonni tozalaş uçun köp marotaba qöllanilişi taqiqlangan dializator filtrlarni şifokorlar 3-4 martadan qöllaşga majbur etayotgan, qon töliq tozalanmayotganligi oqibatida davolanuvçilar özini noxuş sezayotgan, dializator apparati töxtab qolayotgan, şuningdek, asossiz ravişda tölovlarni amalga oşiriş holatlari bölayotgan ekan.

Murojaatni örganiş davomida bu yerda sohaga doir me'yoriy-huquqiy hujjatlar talablariga töliq rioya etilmaganligi ma'lum böldi. Xususan, bemorlar foydalanayotgan dializatorlar ularning ism-şarifi yozilgan holda sovutgiçlarga joylaştirilgan bölsa-da, polietilen paketlarning germetikligi ta'minlanmagan. 2 ta sovutgiçning eşigi töliq yopilmaydi, dializatorlar sovutgiç muzxonasida saqlanganligi uçun qismlari muzlab, yopişib qolgan, xonadagi tozalov anjomlari tartibsiz holatda, kanalizatsiya quvurlari esa ta'mirtalab holatga kelib qolgan.

Bölimda bikslar, ya'ni sterilizatsiya qutilaridan foydalaniş qoidalariga ham qat'iy amal qilinmayapti. Bikslar oçilgaç, ulardagi aşyolar 6 soat davomida işlatişga yaroqli bölsa-da, tekşiriş ötkazilgan kuni bir biksdan 9 soat, ikkinçisidan 15 soat davomida foydalanilganligi aniqlandi.

Bundan taşqari, bölimda birinçi yordam paytida qöllaniladigan dori-darmonlikarning yaroqlilik muddati ham közdan keçirildi. Taassufki, bu yerda yaroqlilik muddati ötib ketgan dori vositalari ham borligi ma'lum böldi. Özbekistonda işlab çiqarilgan 40 foizli “Glyukoza”ning 6 ta ampulasi, 2,4 foizli “Eufillin”ning 1 ta ampulasi, Ukrainada işlab çiqarilgan 0,18 foizli “Adrenalin-Darnitsa”ning 10 ta ampulasi yaroqliligi 2017 yil 1 maygaça körsatilgan bölsa-da, bu muddat ötganiga qaramay saqlab turilişidan maqsad nima? Hatto, kirim hujjati yöq, yaroqlilik muddati körsatilmagan ikki flakon “Vodorod periks” dori vositasi saqlanayotganligi ham aniqlandi.

Yuqorida qayd etilgan qonun buziliş holatlari viloyati soğliqni saqlaş tizimida, xususan, mazkur davolaniş maskanida Özbekiston Respublikasi Prezidentining sohaga doir farmon va qarorlari, hukumat qarorlari talablari lozim darajada bajarilmayotganligini, mas'ul xodimlar öz vazifalari mas'uliyatini çuqur his etişmayotganini, şifokorlar tomonidan bemorlarga qanday xizmat körsatilayotgani ustidan yetarliça nazorat qilib borilmayotganini körsatadi.