Har yili  “Andijonni körkam va obod viloyatga aylantiraylik” şiori ostida ötkaziladigan uşbu körik-tanlovni xalq mehr bilan “Gullar bayrami”, deb ataşi bejiz emas.

Tadbirga tayyorgarlik viloyatning barça tumanlardagi har bir köça, xonadon, mahalla guzarlarini obod qilişdan boşlanadi. Hududlarga mavsumiy va köp yillik gullar ekiladi. Körik-tanlovni tom ma'noda mehnat va san'at bayrami, deb ham ataş mumkin. Reja asosida har bir tuman va şaharda ötkaziladigan tantanalar kuni nufuzli hay'at a'zolari joylarda amalga oşirilgan işlar - obodonlaştiriş, işlab çiqariş korxonalaridagi şaroitlar bilan tanişadilar.

Bugun ana şunday tadbir Andijon şahrida bölib ötdi. Viloyatning turli joylaridan taşrif buyurgan mehmonlar, jamoatçilik vakillari guzarlar, ta'lim muassasalari, tibbiyot taşkilotlari,  köçalar va işlab çiqariş korxonalarida bölişdi.

Şaharning eng fayzli göşalaridan biri bölgan Alişer Navoiy nomli madaniyat va istirohat boği esa turfa gullarga töldi. Muassasalar va xalq amaliy san'ati ustalari tomonidan taşkil etilgan körgazmalar atrofi mehmonlar bilan gavjum. Rango-rang gullar, özbekona qadriyatilarimiz bölgan döppidöz va beşiksoz ustalarning qöl işlari, rassom va dizaynerlarning nafis ijod namunalari barçada katta taassurot uyğotdi. Tanlov doirasida böş iş örinlari yarmakasi ham ötkazildi.

Oqşom tuşgaç istirohat boği sahnasida taqdirlaş marosimi va konsert dasturi namoyiş etildi. 

Kun.uz muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon 
Muallif olgan suratlar