Milliy teleradiokompaniya raisining birinçi örinbosari Xayrulla Nuriddinov işdan olingan. Bu haqda «Kun.uz» manbasi ma'lumot berdi.

Ma'lum bölişiça, u endi  «Özbekiston» telekanaliga direktor etib tayinlangan.

Muqaddam Özbekiston milliy teleradiokompaniyasining «Yoşlar» teleradiokanalida direktor bölgan Nuriddinov şu yilning fevralida MTRK raisiga örinbosar bölgandi.

Eslatib ötamiz, şu oy boşida MTRK rahbariyatida özgariş röy bergan, Xurşid Mirzohidov raislikdan ketib, uning örniga Bobur Botiroviç Alixonov tayinlangandi.

Xayrulla Nuriddinov 1974 yil Toşkent şahrida tuğilgan. 1996 yilda Toşkent davlat pedagogika institutini tamomlagan.

1999 yilda «Jasorat» medali, 2005 yilda esa «Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan jurnalist» davlat mukofotlari bilan taqdirlangan.

2006—2017 yillar davomida Özbekiston MTRKning «Yoşlar» teleradiokanali aksiyadorlik jamiyati direktori bölib işlagan.