Xayrulla Nuriddinov yana Milliy teleradiokompaniya raisining birinçi örinbosari lavozimiga qaytarildi. Bu haqda KUN.UZ manbasi xabar berdi.

Avvalroq, 17 avgust kuni Nuriddinov MTRK raisi örinbosarligidan olinib, «Özbekiston» telekanaliga direktor etib tayinlangandi. 

Şundan söng Bahodir Yunusov Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisining birinçi örinbosari lavozimiga tayinlangani ma'lum qilingandi.

Ayni damda «Özbekiston» telekanaliga direktor etib kim tayinlangani, Bahodir Yunusov qaysi işga ötkazilgani noma'lumligiça qolmoqda. 

Xayrulla Nuriddinov 1974 yil Toşkent şahrida tuğilgan. 1996 yilda Toşkent davlat pedagogika institutini tamomlagan.

1999 yilda «Jasorat» medali, 2005 yilda esa «Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan jurnalist» davlat mukofotlari bilan taqdirlangan.

2006—2017 yillar davomida Özbekiston MTRKning «Yoşlar» teleradiokanali aksiyadorlik jamiyati direktori bölib işlagan.