Xitoyda birinçi internet-sud juma kuni Çjetszyan viloyatidagi Xançjou şahrida oçildi, deb xabar bermoqda XXR Markaziy televideniyesi.
Sudni taşkil etiş haqidagi qaror Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qömitasining 36-sessiyasi davomida qabul qilindi. Oçiliş marosimida XXR Oliy xalq sudi raisi Çjou Tsyan va Çjetszyan viloyatining XKP qömitasi kotibi Çe Tszyun iştirok etdi.
Internet-sud onlayn-savdodagi firibgarlik holatlari, internetda mualliflik huquqlarining buzilişi bilan boğliq bölgan işlarni körib çiqadi.
Sudning barça jarayoni, da'vo arizasini yuboriş va işni qözğatişdan boşlab, sud sayti orqali amalga oşiriladi. Eşituvlar hamda hukmni e'lon qiliş ham real vaqt rejimidagi videotranslyatsiya yordamida onlayn tarzda körsatib boriladi.












