Eng maşhur aksessuarlardan biri - quyoşdan himoyalovçi közoynaklar - öz egasi haqida köp narsalarni aytib berişi mumkin. Közoynaklar ilk marta ötgan asrning 20-yillarida urfga aylana boşlagan - dastlab kino yulduzlari va sportçilar, keyinroq esa oddiy odamlar orasida. Qora közoynaklarning asosiy roli közni quyoş nurlaridan himoyalaş bölgan, albatta, endi esa bu oxirgi omil. Bugun bu aksessuar - öziga xos uslub va haşamat belgisi. Şu bois ba'zi közoynaklarning narxi qançalik qimmat tuyulmasin, ularning xaridorlari baribir topiladi. Trendymen şu haqidagi maqolasi bilan bölişdi.
Bentley Platinum
Narxi - 45 276 dollar

Bu közoynakning nomi uning qandayligiga işora qiladi. Uning narxi bir neça ön ming dollardan arzon bölişi mumkin emas. Ular maşhur Bentley avtomobillari işlab çiqaruvçisi hamda Eyede Eyede tomonidan hamkorlikda tayyorlanadi. Şunday ekan, agar sizda Bentli bölsa, közoynakning boşqa modeldagisini xarid qiliş - uyat. Közoynak töliq platinadan işlangan, lekin oq va sariq tilladan tayyorlanadigan tejamkor variantlarga buyurtma beriş imkoni ham bor.
Gold and Wood 253 Diamond
Narxi - 55 000 dollar

Jahonga maşhur brendning bu modeli öz qiymatini qimmatbaho toşlar borligi bilan oqlaşga harakat qiladi. Közoynak gardişida 253 ta olmos toş mavjud. Şu bois uni avloddan avlodga ötuvçi qimmatbaho buyum sifatida xarid qiliş ham mumkin. Bunday közoynakda sohilga boriş tavsiya etilmaydi, atrofingizda soqçilaringiz bölsa, boşqa gap.
Bulgari Flora
Narxi - 59 000 dollar

Uşbu közoynaklar yulduzlar orasida maşhur bölib, juda nafis va jiddiy şakli bilan ajralib turadi. Bu ularni biznes-hamkorlar bilan uçraşuvlarga va iş böyiça tadbirlarga taqiş imkonini beradi. Közoynak gardişi olmos, oq oltin va kökiş yoqutlardan işlangan.


















