
Heç bir iş, ulkan rejalar, oldinga qöyilgan maqsadlar salomatlik bölmasa tatimaydi. Inson hayotida şunday daqiqalar böladiki, salomatligi yaxşilanişi uçun bor-budini berişga hoziru nozir bölib qoladi. Ana şunday köngilsiz holatlarga tuşmaslik uçun va salomatligimizga öz vaqtida e'tiborli bölişimizga Azim Zomin Shifo MÇJ tomonidan taklif etilayotgan xizmatlar yordam beradi.

Soğlomlaştiriş va dam oliş maskani hisoblanmiş Azim Zomin Shifo Jizzax viloyatining Zomin tumanida joylaşgan. Yurtimiz tabiatini yaxşi biladiganlar uçun ortiqça ta'rif şart emas – Zomin Özbekistondagi eng xuşmanzara va eng sölim tabiat göşasidir.
Xöş, uşbu maskan qaysi yaxşi jihatlari bilan ajralib turadi, u yerning afzalliklari nimada? Azim Zomin Shifo MÇJ soğlomlaştiriş va dam oliş maskaniga taşrif buyuruvçilar uçun barça qulayliklar mavjud. Jumladan, ikki örinli xonalar, oilaviy dam oliş uçun kottejlar mehmonlar uçun muntazir. Bundan taşqari, davolaş diagnostika bölimi zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlangan bölib, tibbiy xizmatlar malakali mutaxassislar tomonidan körsatiladi.
Faoliyati endigina yölga qöyilgan uşbu maskanda, bundan taşqari, ultratovuş tekşiruvlar, EKG, EXO doplerografiya, keng tarmoqli klinik biokimyoviy IFA tekşiruvlar, davolaş tasxişlaş xizmatlari yölga qöyilgan. Yuqori malakali kardiolog, nevropatolog, urolog, ginekolog, stomatolog şifokorlar tomonidan ambulator va statsionar şaroitda davolaş işlari olib boriladi. Uşbu mutaxassislarning professionalligi kelajakda bu yerga taşrif buyuruvçi har bir kişining könglidan joy topa bilişi tabiiy va bu real hayotda öz aksini topmoqda.
Bular hali hammasi emas. Işoning, bu yerda yuqori va past çastotali toklar bilan davolaş, umurtqa poğonasini kompyuterli tortiş, suv muolajalari, Kedr boçkasi, balçiq va parafin ozokerit bilan davolaş, terrenkur davolaş, jismoniy tarbiya, basseyn, giyohli fitodamlamalar va parhez ovqatlanişlarning yölga qöyilgani maskanning dovröğini butun respublika böylab tarqalişiga sababçi bölgan omillardir.

Azim Zomin Shifo MÇJ eşiklari öz salomatligining qadriga yetgan, hayotga yanada tetik qaraşni istagan barça uçun oçiq. Bu sölim maskan manzili quyidagiça: Jizzax viloyati, Zomin tumani, Qöriq qişloği.















