AQŞ Venesuela Milliy ta'sis kengaşi bayonotida «hokimiyatning kuç bilan qölga olinişi» belgisini körmoqda, bu bayonotga köra Milliy ta'sis kengaşi parlamentning qonunçilik vakolatlarini öziga olgan. Bu haqda RIA Novosti agentligi AQŞ Davlat departamenti rasmiy vakili Hezer Nauertga asoslanib xabar tarqatdi.

«AQŞ Venesueladagi Milliy ta'sis kengaşi noqonuniy ravişda qonunçilik vakolatlariga egalik qilmoqda deb hisoblaydi. Bu hokimiyatning zöravonlik bilan qölga olinişidir. Bu demokratik yöl bilan saylanadigan milliy kengaş (parlament - tahr.) örniga taşkil etilgan avtoritar qömitadir, bu qömita qonunlarni oyoqosti qilgan. Bizningça, demokratik yöl bilan saylanadigan milliy assambleya — yagona qonunçilik organi böladi», — degan Nauert.

«Bu rejim hokimiyat tepasida bölar ekan, prezident Maduro özini diktator sifatida tutadi. Biz Venesuela xalqini qöllab-quvvatlab, mamlakatda demokratiyani tiklaş uçun barça iqtisodiy va diplomatik imkoniyatlarimizni işga solamiz», — deya qöşimça qilgan u.

Bundan avvalroq Venesuela Ta'sis kengaşi qonunçilik organlari vakolatlarini öz zimmasiga olgani haqida e'lon qilgandi.

Eslatib ötamiz, iyul oyi oxirida Venesuelada parlament saylovlari bölib ötgan, yangi parlament konstitutsiyaga özgartiriş kiritişi kutilgandi. Saylovlarda Maduro tarafdorlari ğalaba qozondi, muxolifat bu saylovlar natijalarini tan olmadi. Muxolifat vakillari ta'sis kengaşi referendum orqali aniqlanişi kerakligini bildirdi.

30 iyuldagi saylov natijalariga köra taşkil etilgan Venesuela Konstitutsiyaviy assambleyasi (KA) xalqaro hamjamiyat tomonidan norozilikka uçradi. Lotin Amerikasining bir qator mamlakatlari saylov jarayoni natijalarini tan olmadi. AQŞ KA saylovlarini «butun yarimşardagi demokratiya uçun zarba» deya atadi va Venesuela prezidenti Nikolas Maduroga nisbatlan sanksiyalarni joriy etdi.

Mamlakatda mavjud rejimga qarşi şu yil aprelidan buyon ommaviy norozilik namoyişlari bölib ötmoqda. Şu vaqtga qadar politsiya bilan töqnaşuvlarda 120 nafardan ortiq kişi halok böldi.