Bugun Angliya premer-ligasining ikkinçi turidan örin olgan uçraşuvlarga start beriladi. Tribuna.Uz «Uembli»da keçadigan dastlabki derbi, Mançesterdagi öziga xos kuraş va boşqa uçraşuvlar tafsilotiga batafsil töxtalib ötadi.

Angliya premer-ligasi 2-tur

«Suonsi» – «Mançester Yunayted» (19 avgust, Futbol TV, Matç! Futbol 1)

Öyinoldi qiziqarli faktlar
«Mançester Yunayted» Premer-liga doirasida «Suonsi Siti»ga qarşi sönggi uç uçraşuvning ikkitasida ğalaba qozongan (1 durang), ungaça esa ketma-ket uç uçraşuvda 2:1 hisobda yutqazgandi. «Suonsi» «Yunayted»ga qarşi APL doirasidagi barça 12 uçraşuvda biror marta ham öz darvozasi daxlsizligini saqlab qola olmagan.

Uelsliklar ötgan mavsumni ham qöşib hisoblaganda sönggi 6 uçraşuvdan buyon mağlubiyatga (4Ğ, 2D) uçramay kelmoqda. Jumladan «MYu»ga qarşi ötgan mavsum sönggida bölib ötgan uçraşuvda ham durang qayd etilgan. Bu natija jamoaning 2013 yil yanvaridan buyon qayd etgan eng yaxşi körsatkiçi sanaladi.

Romelu Lukaku yangi jamoadagi ikki debyut uçraşuvida gol urgan beşinçi «MYu» futbolçisi (bungaça Ibrahimoviç, Marsial, Makeda va Saa APLdagi debyut ikki öyinida ham ketma-ket gol urgan) bölişi mumkin.

Yöqotişlar
«Suonsi» tarkibida hujumçisi Fernando Lorente (qölini sindirib olgan) maydonga tuşa olmaydi. «Mançester Yunayted» esa Lyuk Şou va Eşli Yang xizmatidan foydalana olmaydi.

«Liverpul» – «Kristal Pelas» (19:00, Futbol TV, Matç! Futbol 1)

Öyinoldi qiziqarli faktlar
Ikki jamoa ham barça musobaqalar doirasidagi sönggi 10 uçraşuvda raqiblar darvozasini işğol qilib kelmoqda. «Liverpul» «Kristal Pelas» örtasidagi sönggi 10 öyinda örtaça har bir öyinda 3,9tadan gol kiritilmoqda.

«Kristal Pelas» Premer-liga doirasidagi «Enfild»da keçgan sönggi uçta uçraşuvda faqat ğalaba qozongan va bugun, ketma-ket tört marta Liverpuldan ğalaba bilan qaytgan ilk jamoaga aylanişi mumkin. Kristian Benteke «Enfild»da raqib futbolçisi sifatida uç öyinda 5ta gol kiritişga muvaffaq bölgan. Boşqa istalgan joydagi natijadan bu körsatkiç yaxşiroq sanaladi.
Sadio Mane «Kristal Pelas»ga qarşi APL doirasidagi sönggi beş uçraşuvda 3 gol va 1 golli uzatma muallifi bölgan.