7 nafar ayol hakam 17 yoşgaça bölgan ösmirlar örtasidagi jahon çempionatida faoliyat körsatadi. Bu haqda FIFA saytida ma'lum qilingan.
Bu musobaqa ayol hakamlar işlaydigan FIFAning ilk erkaklar musobaqasi böladi. Ularning barçasi zaxira hakami sifatida faoliyat körsatişadi.
«Fikrimizça, ayol hakamlarni FIFAning erkaklar musobaqalariga jalb etiş vaqti keldi. Ötgan yili ular ba'zi rasmiy uçraşuvlarda erkaklar bilan birga işlaşgandi, hozir esa biz ularni musobaqalarda körmoqçimiz», deb aytgan FIFA hakamlik qömitasi boşliği Massimo Buzakka.
May oyida ayol hakam Bibiana Ştaynhaus Bundesliganing 2017/2018 yilgi mavsumdagi uçraşuvlarida boş hakamlik qilişi ma'lum bölgandi. Avval u Germaniya çempionatining 2-divizionida, 2011 va 2015 yillardagi ayollar jahon çempionatlari hamda 2012 yilgi Olimpiya öyinlarida faoliyat körsatgan.












