Özbekiston Respublikasi mustaqilligining 26 yilligi hamda «Şarq taronalari» XI xalqaro musiqa festivali tantanalari boşlanişi arafasida Samarqand şahri özining gulzorlari bilan ham «Şarqning gavhari» degan ta'rifga munosib gözal qiyofa kasb etmoqda, deb yozadi viloyatning «Zarafşon» gazetasi.
Bir-biridan gözal, farahbaxş köçalarimiz, xuşhavo xiyobonlarimiz közni quvontirib, dillarni yayratib, qalblarimizni ğururga töldirmoqda.


Samarqand şahar obodonlaştiriş boşqarmasining ma'lumot berişiça, boşqarma, korxona va taşkilotlar, muassasalar tomonidan şahar çorrahalari, xiyobonlarga 1 million tupdan ziyod karantus, rayhon, Qöqon guli, pentus, salviya kabi noyob gul köçatlari ötqazildi.
Uşbu tarovatli gullarning sonini 2 millionga yetkaziş çoralari körilyapti. Şuningdek, asosiy köçalar panjaralari va çorrahalarda qariyb 5 mingga yaqin tuvaklarda ham gullar yetiştirilyapti. Şu davrgaça ekilgan 1,5 mingga yaqin noyob manzarali daraxtlar qadimiy va navqiron şahar körkiga körk qöşmoqda.











