2017 yil 14 martdagi PQ–2829-son “Örta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari faoliyatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Prezident qaroriga muvofiq Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligining Örta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining qarori (2017 yil 3 avgust) bilan Akademik litseylarga öqituvçilarni tanlov asosida işga qabul qiliş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
Uşbu Nizom idoraviy mansubligidan qat'i nazar, barça akademik litseylarga nisbatan tatbiq etiladi.
Litseylarning öqituvçi lavozimiga ötkaziladigan tanlovda oliy ma'lumotli va kamida 5 yil uzluksiz pedagogik iş stajiga ega bölgan şaxslar iştirok etadi. Litseylarga soatbay haq tölaş şartlarida jalb etiladigan öqituvçilar tanlovda iştirok etmagan holda rasmiylaştiriladi.
Litseylarda öqituvçi lavozimi böşagan kundan boşlab 10 kun içida böş öqituvçi lavozimiga tanlov ötkaziş töğrisida OAVda, şuningdek litseyning saytida (agar mavjud bölsa) e'lon beriladi.
Nomzodlardan hujjatlarni qabul qiliş OAVda e'lon berilgan kundan boşlab 20 kun davom etadi.
Tanlovda qatnaşiş uçun nomzodlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
• litsey direktori nomiga ariza;
• pasport nusxasi (hujjatlarni topşiriş vaqtida pasportning asl nusxasi körsatiladi);
• oliy ma'lumoti töğrisidagi hujjatning nusxasi;
• mehnat daftarçasining nusxasi;
• 3,5 x 4,5 sm ölçamdagi 4 dona rangli fotosurat.
Hujjatlarni topşirgan nomzodlarning soni 1 nafardan oşmasa, tanlov ötkazilmaydi va litsey tanlov ötkaziş töğrisidagi e'lonni qaytadan beradi.
Tanlov 2 bosqiçda - test va suhbat şaklida ötkaziladi.
Tanlov hujjatlarni qabul qiliş tugagandan keyin 10 kun içida va har bir bosqiç böyiça alohida kunlarda ötkaziladi.
Tanlov bölib ötadigan kuni va vaqti haqida u ötkazilişidan kamida 3 kun oldin nomzodlarga xabar beriladi va bir vaqtning özida litseyning e'lonlar taxtasiga osib qöyiladi, şuningdek litseyning saytida joylaştiriladi.
Nomzodga 40 ta test savoli beriladi va 2 soat vaqt ajratiladi. Test natijalari u ötkazilgan kunda nomzodlarga e'lon qilinadi. 55 balldan yuqori ball töplagan nomzodlar testdan muvaffaqiyatli ötgan hisoblanadi va ular tanlovning keyingi bosqiçiga qöyiladi.
Suhbat böş öqituvçi lavozimining mutaxassisligi va pedagogika böyiça savol-javob şaklida ötkaziladi. Savollar biletida 5 ta savol bölib, tayyorlaniş uçun 20 daqiqa vaqt beriladi. Suhbat natijalari u yakunlangandan söng nomzodlarga e'lon qilinadi. Örtaça arifmetik balli “60” balldan kam bölgan nomzod suhbatdan ötmagan hisoblanadi. Suhbatdan muvaffaqiyatli ötgan nomzodlar litseyning öqituvçisi lavozimiga tavsiya etiladi.
Tanlovga kelmagan nomzodlar uçun qöşimça tanlov ötkazilmaydi.
Tanlov natijasidan norozi bölgan nomzodlar tanlov natijasi e'lon qilingan vaqtdan boşlab 24 soat davomida apellyatsiya berişi mumkin. Apellyatsiya 24 soat içida körib çiqilişi lozim.
Hujjat 2017 yil 7 avgustda kuçga kirdi.












