Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 16 avgust kuni ta’lim tizimida olib borilayotgan işlar yuzasidan mas’ullarning hisobotlarini tinglaş maqsadida ötkazilgan majlis vaqtida maktab öquvçilari formasiga e’tibor qaratgan.

Majlisda Prezident öquvçilarning formasi masalasiga ham töxtalib ötdi. Şavkat Mirziyoyevning fikriça, maktab va kollejlarda öquvçilarning bir xil formasi bölmoği lozim. Bu jamiyatda ma’rifatli, adolatli va teng huquqli muhit yaratişga yordam beradi.

«Mentalitetimizni hisobga olgan holda, maktablar va kollejlarda öquvçilar uçun umumiy forma joriy qiliş kerak. Masalan, Turkiya va Angliyada öquvçilar 100 foiz formada. Bu albatta, biz ulardan örganişimiz kerakligini anglatmaydi.

Baribir ota-onalar maktab uçun forma oladi, lekin sifatsiz formani olyapti, puli ketyapti, töğrimi? Bu meni umuman qoniqtirmaydi.

Forma kiygan bolaning ma’naviyati özgaradi, ma’rifati özgaradi. Mas’uliyati va javobgarligi ham özgaradi.

Ikkinçidan, bizning jamiyatdagi eng katta masala — boy bilan kambağal orasidagi munosabat. Oddiy oilaning oddiy kiyingan bolasi yaxşi kiyingan boladan ğaşi keladi. Biz unga yoşlikdan nafrat tuğdiramiz, ma’rifat emas — nafrat tuğiladi. Aynan mana şu narsani yöq qilişimiz kerak.

Maktabdan keyin nima kiysa kiyaversin. Maktabda esa hammani iloji boriça bir xil kiyintirişimiz kerak.

Agar biz buni uddalay olsak, adolatli, teng huquqli jamiyat quramiz», degan prezident.