Minglab olim va fuzalo insonlarni yetiştirgan zamin, madaniyat, din va ilm uçraşgan Afğoniston bugun, 19 avgust mamlakat mustaqilligining 98 yilligi nişonlamoqda. Bu gapda «mustaqillik» yoki «nişonlamoqda» deyiş öquvçiga eriş tuyulsa kerak. Prezident Aşraf Ğanining Mudofaa vazirligi tasarrufidagi «Mustaqillik minorasi»dan turib tabrik nutqini öqişi ham bu aççiq haqiqatdan darak berib turibdi.

Şunga qaramay, Kun.uz ijodiy jamoasi Özbekistonning janubiy qöşnisidagi gözallikni öz öquvçilariga havola etmoqda. Sayyohlar va xorijiy fuqarolar yaşaş joylari doimo jangarilar tomonidan nişonga olib kelingani sababli, bu yerda sayohat qilişni istagan dovyurak kişilar kam topiladi. Ammo uning gözalligi betakror, misoli marjonlar tizmasidagi yorqin dona...

Jom va Tajan daryolari birlaşgan vodiyda balandligi 65 m keladigan, kufiy yozuvlar bilan bezak berilgan «Jom minorasi» joylaşgan. Ğur viloyatining madaniy markazi sayyohlarni yetarli darajada hayratlantira oladi.

Bomiyon viloyatiga yölingiz tuşsa, albatta Bandi Amir Milliy boğiga kirib öting. Mineral zaxira boyligi Milliy boğdagi beşta kölni qizil yassi toğlardan baland qilib, tabiiy damba esa uni saqlab turadi. Köm-kök suv rangi, atrofdagi sarğiş rang bilan çiroyli manzara kasb etadi.

Hazrat Ali (r.a.) dafn etilgan maskan, Çingizxon bosqinidan imoratni saqlab qoliş uçun tuproq ostiga (!) kömilgan «Kök masjid» özining jilosini heç ham yöqotmagan.

«Tanklar vodiysi» aynan Panjşir vodiysida joylaşgan, sobiq Sovet askarlari bu yerni öz kundaligi juda köp eslaydi. Bugun bu joy Afğoniston havosi va kelajagidan gapiradi.














