Ahamiyat beradigan bölsak, bu yilgi abituriyentlarning asosiy qismi aldanganligidan şikoyat qilmoqda. Xöş, ularni kim aldadi? 

Abituriyent, Jahongir Abdukomilov, bu mavzuga oydinlik kiritadi.
-    Avvalo, özimning  aldanganligim töğrisida aytib ötay. Men MERIT EDUCATION öquv markazida ingliz tili darslariga yozilgan edim. Ular meni aldaşdi. Men endigina darslarga yozilganimda, ular menga darslar haftada 3 marta, 1,5 soatdan böladi, - deyişgan edi. Boşqa öquv markazlari singari darslarga haftada uç marta qatnaşib uy vazifalarimni qilib yursam ingliz tilini puxta örganaman, deb yurgan edim. Lekin unday bölib çiqmadi. Darslar 2 soatgaça çözilib ketadi. Dars yöq kunlari ham qöşimça darslar belgilana boşlandi. Böş qolib ketsam, öqituvçi qölimga kitob berib, “Öqib ötir”, deydi. Döstlarim bilan gaplaşib ötirsam, qölimizga test berib, işlab topşirişimizni aytişadi. Darslarga kasal bölib borolmay qolsam, telefon qilib hol – ahvol sörab, uyga vazifa berib, qöşimça bepul darsga kelişimni taklif qilişadi.

Hattoki, yakşanba kunlari, “Endi, dam olaman”, deganimda, yo testga, yo bölmasam Speaking club’ga çaqirib qolişadi.  Avgust – sentabr oylariga kelib, “Endi, öqiş osonlaşadi, ozgina bölsa ham yengilroq öqiymiz”, desam, 2017 yil 11 avgustda Vazirlar Mahkamasining “Ta'lim muassasalarida çet tillarini öqitişining sifatini yanada takomillaştiriş çora–tadbirlari töğrisida”gi 610-son qarori qabul qilinib turibdi.

Uşbu qarorga muvofiq ingliz tilidan V2 va undan yuqori malaka sertifikatiga ega bölgan abituriyentlarga OTM bakalavriatiga kirişda test sinovlarida çet tili böyiça maksimal ball beriş va çet tili fanidan test sinovidan ozod etilişi ma'lum qilingan.  

Bu qarordan söng, MERIT EDUCATION xodimlari meni va boşqa abituriyentlarni yanada bosim bilan jadallaştirilgan tartibda öqişga unday boşlaşdi. Bundan taşqari, 2017/2018 yilda JIDU va TXVUga hujjat topşirişimni eşitib, yangi oçiladigan matematika, ona-tili va adabiyot bloklari uçun kurslarga ham yozib qöyişdi. Xullas, men bunaqasini kutmagan edim. Atrofim aldovlar bilan tölib ketdi. Hammasi aytilganidan boşqaça bölib çiqdi. Albatta, ijobiy tarafga. 

Uşbu 2017 yilda bölib ötgan kiriş imtihonlaridagi abituriyentlarni kim aldadi, degan savolga şunday javob berişim mumkin. Men MERIT EDUCATION tomonidan aldandim.

Abituriyentlar özlarini – özlari aldaşdi. Köpgina abituriyent döstlarimga “Öquv markaziga bor, öqi, örgan, talaba böl”, deb ta'kidladim. Lekin, ular boşqa ayrim (özim guvohi bölgan) abituriyentlar kabi “Ey, nima qilaman öquv markaziga borib, özimning bilimim yetadi. Kira olaman!!! Özim tayyorlanaman”, deyişdi. Vaholanki, mutaxassis yordami kerakligiga, umuman, öqituvçi öquvçiga yönaliş, maslahat va turtki berib turişiga döstlarimning işongilari kelmadi. “Öqituvçisiz özim tayyorlana olaman” deb özlarini özlari aldab qöyişdi.