Ripol şaharçasidagi 500ga yaqin kişi, asosan marokaşliklar qatnovçi masjid imomi Abdulboqiy As-Sattiy Barselonadagi teraktni taşkil qilişda gumon qilinmoqda. Portlovçi moddalar saqlangan binoda taxminan şu kişining qoldiqlari topilgan. El Pais şu haqida xabar berdi.
Ta'kidlanişiça, As-Satiyning çiqişlari radikal islomga mutlaqo aloqador bölmagan. Biroq ikki oy oldin u kutilmaganda Ripolni tark etgan. Qöşnilarining taxmin qilişiça, u Belgiyaga ketgan bölişi mumkin (imom bir neça marta Belgiyada bölgan). Versiyalardan biriga köra, aynan öşa yerda u terrorçilar bilan aloqa örnatgan bölişi va şu tariqa Barselonadagi terakt taşkilotçilardan biriga aylangan bölişi mumkin.
Gazeta ma'lumotlariga köra, politsiya As-Sattiyning uyida tintuv olib borgan, biroq u yerda teraktga aloqador heç qanday dalil topa olmagan.
Bundan avval El Espanol naşri terrorçilarning dastlab Barselonadagi «Sagrada-Familiya» ibodatxonasiga «Iblisning onasi» portlovçi moddasi yordamida hujum uyuştirmoqçi bölgani haqida yozişgandi. Biroq tasodifiy portlaş ularning rejasini özgartirib yuborgan va terrorçilar Rambla köçasida terakt sodir etişgan.












