Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Giyohvand moddalarni chegaradan olib o‘tishda drondan foydalangan shaxs ushlandi
AQSh fuqarosiga Meksikadan Qo‘shma Shtatlar hududiga narkotik moddalarni olib o‘tishda uchuvchisiz uchar qurilmadan foydalangani uchun ayblov qo‘yildi. Bu haqda The Telegraph xabar bermoqda.
25 yoshli amerikalikning ma'lum qilishicha, San-Diyegodagi yonilg‘i quyish shoxobchalaridan birida bo‘lgan boshqa bir shaxsga narkotiklarni yetkazib berishi uchun pul to‘lashgan.
Xabar qilinishicha, u giyohvand moddalarni shunday yo‘l bilan besh-olti marta o‘tkazgan. Bu ishlar 2017 yilning mart oyidan boshlangan. Oxir-oqibat chegarachilar dronni payqab qolishdi va uni kuzatib borishgan. Ular uchuvchisiz uchar qurilmaga metamfetamin bo‘lgan maxsus xaltacha yopishtirib qo‘yilganini aniqlashgan.
Gumonlanuvchi chegara orqali umumiy hisobda 5,8 kg.dan ortiq metamfetaminni olib o‘tgan.
Mavzuga oid
18:19 / 08.07.2026
AQShda tor xonada bir necha yil saqlangan 16 bola topildi
15:08 / 08.07.2026
Tramp: Eron bilan tuzilgan muvaqqat kelishuv «tugadi»
13:28 / 08.07.2026
Eron Bahrayn va Kuvaytdagi AQSh harbiy obektlarini nishonga oldi
12:20 / 08.07.2026