Pauerlifting böyiça jahon va Yevropa çempioni Rossiyaning Xabarovsk şahri markazidagi kafe yonida yuz bergan muştlaşuv tufayli hayotdan köz yumdi, deb xabar bermoqda Rossiya tergov qömitasining ölka böyiça boşqarmasi matbuot xizmati.

«2017 yilning 20 avgust kuni soat taxminan 07:00da Xabarovsk markazida joylaşgan kafe yonidagi köçada, uşbu kafega kelgan ikki şaxs örtasida muştlaşuv yuz berdi, uning davomida 1992 yilda tuğilgan erkak 1985 yilda tavallud topgan boşqa bir şaxsga bir neça zarbalar bergan. Jabrlanuvçi olingan jarohatlar tufayli şifoxonada vafot etdi», - deyiladi xabarda.

Dastlabki ma'lumotlarga köra, ölimga boş miya jarohati sabab bölgan.

Xabar qilinişiça, qotil voqea joyidan qoçib ketgan. Uning şaxsi aniqlandi, qölga oliş jarayoni böyiça tezkor qidiruv işlari olib borilmoqda.

«Şuni alohida ta'kidlaş lozimki, halok bölgan şaxs sport bilan professional tarzda şuğullangan, pauerlifting böyiça jahon hamda Yevropa çempioni edi», - deya qayd etişgan tergov qömitasidan.

Mahalliy OAV ma'lumotlariga köra, halok bölgan erkak pauerlifting böyiça jahon hamda Yevropa çempioni bölgan Andrey Draçyovdir.

Avvalroq Baykalda erkin kuraş böyiça Yevropa çempioni Yuriy Vlasko öldirilgandi