Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistondagi yirik temir yo‘l falokati nima sababdan yuz bergani aytildi
Foto: Reuters
Hindistonda 19 avgust kuni poyezdning relslardan chiqib ketishi holati bo‘yicha surishtiruv ishlari boshlandi, deb xabar bermoqda Reuters.
Ta'kidlanishicha, bu mamlakatda bir yilda yuz bergan to‘rtinchi shunday fojiali hodisadir. Hindistonda temir yo‘l sohasida sarmoyalarning yetishmovchiligi va vagonlarning kishilar bilan to‘lib-toshib ketishi sabab ravishda muammolar paydo bo‘ladi.
Temir yo‘l kompaniyasi vakilining xabar qilishicha, falokatning aniq sababi hozircha aniqlanmadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, birdaniga 13 vagon relslardan chiqib ketgan. Ayni paytga kelib qutqaruv amaliyoti yakuniga yetdi.
Surishtiruv ishlari doirasida birinchi bo‘lib poyezd mashinisti so‘roq qilinadi.
Uttar-Pradesh shtati hukumatidagi yuqori mansabli amaldor Arvind Kumarning Hindustan Times’ga ma'lum qilishicha, falokat mashinist tormoz olishni ishga tushirganidan so‘ng yuz bergan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday qaror yo‘lda ta'mirlash ishlari olib borilgani, biroq tegishli belgilar o‘rnatilmagani sabab qabul qilingan.
Avvalroq Hindistondagi temir yo‘l falokati qurbonlari soni 20 kishiga yetgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
14:34 / 23.12.2025
Titov: 2026 yilda Rossiyaga ishlash uchun 40 ming hindistonlik keladi
18:14 / 21.12.2025
Peterburg ko‘chalarida hindistonlik migrantlar ishlay boshladi
07:30 / 17.12.2025
Infografika: Xitoy va Hindiston armiyasi - kim kuchliroq?
17:58 / 16.12.2025