Biznes yangi şartlarda kredit-pul jihatidan qöllab-quvvatlanadi. Bu haqda QHTBT portalida joylaştirilgan Prezidentning “Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirişni qöllab-quvvatlaş tizimini tubdan takomillaştiriş va biznes yuritiş şart-şaroitlarini yaxşilaş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoni loyihasida aytiladi, deb yozmoqda Norma.uz.

Kredit-pul jihatidan qöllab-quvvatlaş doirasida quyidagi imkoniyatlar nazarda tutiladi:

•  tadbirkorlik sub'yektlariga – tovarlarni elektron tijorat vositasida sotişda pul mablağlarini xizmat körsatuvçi bankka inkassatsiya qiliş qoidalariga rioya qilgan holda tölovlar uçun naqd hisob-kitoblardan foydalaniş, şuningdek tovarlar eksportini Milliy axborot-qidiruv tizimida körsatilmagan xalqaro savdo maydonlari orqali xalqaro, şu jumladan elektron tölov kartalaridan foydalangan holda amalga oşiriş;
•  yuridik şaxslarga – korporativ bank kartalari orqali işlab çiqariş, savdo faoliyati, xizmat körsatiş böyiça faoliyat, işlar bajariş bilan boğliq tölovlarni, şuningdek har qanday boşqa xarajatlar uçun tölovni amalga oşiriş, şu jumladan davlat boji va yiğimlarni tölaş.

Bundan taşqari, bank operatsiyalari böyiça komissiya haqlarining turi va miqdorini jiddiy qisqartirgan holda banklar tarif siyosatini maqbullaştiriş rejalaştirilgan. Xususan, kredit oliş uçun hujjatlarni körib çiqqanlik uçun komissiya yiğimlarini bekor qiliş taklif qilinayotir.

Uşbu yönalişda inkassatsiya xizmatlari uçun tariflarni maqbullaştiriş va manbalaridan qat'i nazar jismoniy şaxslarning plastik kartalariga mablağ tuşganda, şuningdek mablağlarni asosiy hisobvaraqdan yuridik şaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning KPKga ötkazişda haq undirişni bekor qiliş ham taklif qilindi.

Şuningdek, loyiha yuridik şaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga hisob-kitob terminallarini 12 oygaça muddatga bölib-bölib tölaş bilan sotiş mexanizmini joriy qilişni közda tutadi.

Loyiha özgartirilişi, töldirilişi yoki rad etilişi mumkin.