Buyuk Britaniya qiroliçasi Yelizaveta II taxtdan uni valiahd şahzoda Çarlzga beriş maqsadida voz keçmoqçi emas, deb xabar qilmoqda The Sunday Times gazetasi qiroliçaga yaqin manbalarga asosan.

Ularning sözlariga köra, qiroliça mamlakat oldidagi öz burçini bajarişda davom etmoqçi.

Naşrning qiroliçaga yaqin bölgan manbalaridan birining xabar berişiça, Yelizaveta II taxtda davlat rahbari majburiyatlarini bajariş uçun yetarli darajada soğ holatda bölgunga qadar qolmoqçi.

Şu tariqa, naşrning aniqlik kiritişiça, mamlakatga vaqtinça rahbarlik qiliş haqidagi gaplar heç qanday asosga ega emas. Bu ma'lumotni Bukinghem saroyi va Klarens-xausdagi qirolli oilasi qarorgohi a'zolari ham tasdiqlaşgan.

Avvalroq OAV Britaniya qiroliçasining taxtni topşirişiga tayyorgarlik boşlangani haqida xabar bergandi.