Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Soxta hujjat tayyorlab, qaynakasining uyini sotib yuborgan ayol fosh etildi
Toshkent viloyatida soxta hujjat tayyorlab, qaynakasining uyini sotib yuborgan ayol fosh etildi, deb xabar bermoqda viloyat IIB.
Ma'lum bo‘lishicha, Bo‘ka tumanida yashovchi, uy bekasi, 1970 yilda tug‘ilgan Bahora Shuxratova (ism-familiyasi o‘zgartirilgan) o‘zining shar'iy turmush o‘rtog‘i bo‘lgan Ohangaron shahrida yashovchi Muslimbek Abdushukurovning akasi, 1963 yilda tug‘ilgan Muxlisbek Abdushukurovning nomidagi Ohangaron shahar 4-dahasida joylashgan xonadonni, fuqaro 1950 yilda tug‘ilgan Nailya Gizatulinaga o‘zi tomonidan tayyorlangan Muxlisbek Abdushukurov nomidan uyni sotish uchun ruxsat berilgan soxta ishonchnomani ko‘rsatib, uyni sotish huquqiga ega ekanligini aytib, 5000 AQSh dollariga sotib yuborgan.
Ushbu holat yuzasidan IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, IIB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
20:43 / 03.02.2026
“Ona, meni o‘ldirishdi” – tushda fosh bo‘lgan jinoyat
12:28 / 24.01.2026
2025 yilda voyaga yetmaganlar tomonidan 15 ta qotillik jinoyati sodir etildi
10:44 / 04.11.2025
O‘zbekistonda yoshlarga nisbatan narkotik jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytiriladi
16:17 / 26.10.2025