Tinç okeanida 5,4 km dan çuqurroqda Xirosimaga taşlangan atom bombasi komponentlarini taşigan, 1945 yilda çöktirib yuborilgan AQŞning “Indianapolis” kreyseri bölaklari topildi. Kemani Microsoft kompaniyasi hamasosçisi Pol Allen boşçiligidagi tadqiqotçilar jamoasi topdi, deb xabar bermoqda CNN telekanali. 

Atom bombasi uçun komponentlar yetkazib beriş kemaning oxirgi maxfiy vazifasi bölgan. U 1945 yil 30 iyulda ortga qaytayotganda yapon suv osti kemasi tomondan hujumga uçrab, çöktirib yuborilgan. Kema 12 daqiqa içida ummonga ğarq bölgan. Undagi 1196 dengizçidan 316 nafarigina omon qolgan. Kema çökkandan beri, ya'ni 72 yil davomida qidirib kelingan.