Indianapolisda AQŞning yangi saylangan prezidenti bölmiş respublikaçi Donald Trampga qarşi 12 noyabr kuni ötkazilgan norozilik namoyişlari vaqtida ikki nafar politsiyaçi yengil jarohatlar olgan. Bu haqda Indy Star xabar berdi.
Trampga qarşi namoyişda asosan qora tanlilar, muhojirlar va jinsiy ozçilikni taşkil etuvçi qatlamlar iştirok etgan. Namoyişçilarning asosiy şiori - «Sevgi nafratni yengadi» (Love trumps hate, trump sözi — karta öyinidagi krit holatini anglatadi).
Namoyişlar avvaliga tinç ruhda keçgan, ammo politsiyaçilar töplanganlarga qarşi közdan yoş sizdiruvçi gaz qöllagaç, tartibsizliklar boşlangan. Aynan qanday vaziyatda töqnaşuv boşlanganiga aniqlik kiritilmagan.
Keçqurun ştatdagi tepalik oldida 500 kişi töplangan. Miting iştirokçilari Trampga qarşi qöşiqlar kuylaşgan va nutqlar irod qilişgan. Keyin esa namoyişçilar guruhlarga bölingan holda şahar köçalari böylab harakatlana boşlaşgan. Politsiyaçilar yöllarni tösişgan.
Miting soat 20:00gaça davom etişi belgilangandi, ammo odamlar tarqalişni istaşmagan. Şu vaqtda politsiya odamlardan köçalarni böşatib qöyişni talab qila boşlagan. 15 daqiqa ötib esa, politsiya bilan töqnaşuvlar boşlangan.
Odamlar politsiyaçilarga qarşi şunday hayqiriqlar aytişgan: «Qora tanlilarning ham yaşaşga haqqi bor», «Qöllaringizni kötaring, otmang».
Aktsiya yakunida 7 kişi qölga olingan, ulardan 3 nafari şaharda yaşamasligi ma'lum bölgan.
Trampning saylovdagi ğalabasi amerikaliklar orasida keskin noroziliklar uyğotdi. Atlanta, Mayami, Nyu-York, San-Frantsisko, Portlend (Oregon) va Filadelfiyada bir neça kundan buyon namoyişlar davom etmoqda.
8 noyabr kuni ötkazilgan AQŞ prezidenti saylovida Respublikaçilar partiyasi nomzodi saylov hay'atining 290 ovozini olgan holda (ğalaba uçun 270 ovoz ham yetarli bölardi - tahr.) ğalaba qildi. Uning raqibi, Demokratik partiya nomzodi Hillari Klinton faqat 228 ovoz töpladi.

















