2017 yilning 12 sentabr kuni Özbekiston Futbol Federatsiyasida taşkilot nizomiga muvofiq hisobot-saylov konferensiyasi ötkaziladi. Bu haqda federatsiya matbuot xizmati xabar berdi.

Unda Konferentsiya delegatlari, mehmonlar, matbuot vakillariga 2014–2017 yillarda amalga oşirilgan işlari yuzasidan ÖFF prezidentining hisoboti, şuningdek, ÖFFning moliyaviy hisoboti ham taqdim etiladi.

Konferentsiyada Özbekiston Futbol Federatsiyasining prezidentlik saylovi bölib ötadi. Bundan taşqari kun tartibidan yangi rahbariyat tarkibi, yangi strukturani tasdiqlaş kabi masalalar ham örin olgan. 

Özbekiston Futbol Federatsiyasi Ijroiya qömitasining 15 iyundagi qaroriga köra sentabr oyida Federatsiya faoliyatida özgarişlar bölişi belgilangandi.

12 sentabr kuni terma jamoa boş murabbiyi ham özgarişi kutilmoqda.

Insayderlik xabarlariga köra, Federatsiyaga Özbekiston boş vaziri örinbosari, «Özavtosanoat» AK raisi Uluğbek Röziqulov prezident böladi, terma jamoa boşqaruvi esa sobiq futbolçi Azamat Abduraimov qöliga ötadi.

Sentyabrda ÖFF prezidenti özgarişi mumkin