AQŞ prezidenti Donald Tramp 21 avgustda AQŞning Afğonistondagi qöşinlarining soni oşirilişi va bu davlatga qöşimça 4 ming harbiy yuborilişini e'lon qiladi. Bu haqda Tramp ma'muriyatidagi öz manbalariga iqtibos keltirgan holda CBS telekanali xabar berdi.  

Manbalar ma'lumotlariga köra, Tramp AQŞning Afğonistondagi va Janubiy Osiyodagi yangi strategiyasi haqida sözlaydi. Bu strategiya jumladan Pokiston hukumatini terrorçilarga boşpana taqdim qilişdan voz keçişga majbur qiladi. Telekanalning ma'lum qilişiça, Oq uy Pokistonni terrorçilikni moliyalaştiruvçi davlatlar röyxatiga kiritiş, bu davlatga yordam hajmini kamaytiriş va uni AQŞning NATOdan taşqaridagi asosiy ittifoqdoşlari röyxatidan çiqariş imkoniyatini körib çiqqan. Şu bilan birga AQŞ ma'muriyati Tramp murojaat bilan çiqqunça rejalar özgarişi mumkinligini istisno qilmagan.   

Pentagon matbuot-xizmatida telekanalning bu ma'lumotiga izoh berilmadi va prezidentning bayonotini kutiş taklif qilindi. 

20 avgustda Oq uy matbuot-kotibi Sara Sanders Tramp 21 avgustda AQŞning Afğoniston va Janubiy Osiyo böyiça yangi strategiyasi qabul qilinişi haqida sözlaşini ma'lum qilgandi.

Tramp 18 avgustda Kemp-Devid – AQŞ prezidentlarining şahar taşqarisidagi qarorgohida milliy xavfsizlik kengaşi yiğilişini ötkazgan. Yiğilişda kötarilgan asosiy mavzu Janubiy Osiyo mintaqasi, xususan Afğoniston bölgan. Ma'lum qilinişiça, Trampga harakatlarning turli variantlari, jumladan Afğonistondan barça harbiylarning töliq olib çiqilişi, qöşinlarni qoldiriş, uni birozga oşiriş yoki qisqartiriş taklif qilingan.