Hindistonda 15 yoşli ösmir Vişal Upadxayya qiymati 4,5 mln rupiyni (70 ming dollar) taşkil qiluvçi brilliantlar solingan qopçani topib oldi va uni içidagilari bilan egasiga qaytarib berdi. Bu haqda NDTV telekanali xabar bermoqda. 

Voqea Surat şahrida yuz bergan. Vişal otasi bilan birga Surat olmos uyuşmasiga murojaat qilib, qopça egasini topa olgan. Qopça egasi broker bölib çiqqan va qopçani ombordan çiqayotganda tuşirib qöygan.    

Uyuşma ösmirga halolligi uçun minnatdorlik bildirgan va tantanala marosim uyuştirib, unda Vişalning öqişini bir yil davomida moliyalaştirmoqçiligini ma'lum qilgan. 

“Olmos uyuşmasi Vişalning halolligi uçun mukofot sifatida uning öqişini bir yil davomida moliyalaştirişni öz zimmasiga oladi. Vişalning kelajagi uning öziga boğliqdir, biroq öylaşimça, bu aqli raso bola bu imkoniyatdan 100 foizga foydalana oladi”, deb aytgan uyuşma prezidenti Dineş Navadiya.