2017 yilning 21 avgust kuni Dehli şahrida Özbekiston Respublikasi hukumati delegatsiyasiga boşçilik qilayotgan Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov Hindiston ilm-fan va madaniyat vakillari bilan uçraşdi.

Suhbatda J.Neru nomidagi universitet, Islom milliy universiteti, “Unity Foundation Delhi” ijtimoiy-madaniy taşkiloti, Hindiston Taşqi işlar vazirligining Madaniy aloqalar böyiça hind kengaşi yetakçi olimlari, Bobur nomidagi xalqaro jamğarma faollari iştirok etdilar.

Uçraşuvda madaniy-gumanitar munosabatlar, Özbekiston va Hindiston fan va ta'lim muassasalari örtasida bevosita aloqalarni kengaytiriş va mustahkamlaş masalari yuzasidan fikr almaşildi.

Ta'kidlanganidek, özbek va hind xalqlari tarixi, adabiyoti, musiqasi, rassomçilik va arxitekturasi, ularning bir-birini boyitişi va töldirişi buyuk ajdodimiz Zahiriddin Muhammad Bobur va uning avlodlari nomi bilan çambarças boğliq. Ularning öçmas merosi ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlaş, Özbekiston va Hindiston örtasida köp asrlik savdo, fan, madaniyat sohalaridagi samarali almaşinuv an'anasini davom ettiriş uçun kuçli salohiyat yaratadi.

Iliq va özaro hurmat ruhida ötgan uçraşuvda hamkorlikni kengaytiriş yuzasidan aniq takliflar aytib ötildi.