Makka şahridagi mehmonxonalardan birida yonğin çiqqandan keyin Turkiya va Yamandan taşrif buyurgan 600 nafarga yaqin ziyoratçi muvaffaqiyatli evakuatsiya qilindi. Bu haqida şaharning Boş fuqarolik mudofaa boşqarmasi ma'lumotiga asoslanib, "Ajil" yangiliklar portali xabar berdi. 

Voqea yakşanba kuni keçqurun röy bergan. Idora rasmiy vakili Naif Aş-Şarifning ma'lum qilişiça, 15 qavatli binoning sakkizinçi qavatidagi konditsioner tizimi nosozligi natijasida yonğin çiqqan. 

"Mehmonxonaning barça mehmonlari har ehtimolga qarşi evakuatsiya qilindi, olovni öçirişga muvaffaq bölindi, jabrlanganlar yöq", - dedi Aş-Şarif. Uning sözlariga köra, mehmonxonadagi barça ziyoratçilar öz xonasiga qaytgan. Maxsus komissiya yonğinning kelib çiqiş sabablarini örganişni boşladi. 

Muqaddas Haj amalini bajariş uçun Makkaga butun dunyodan ziyoratçilar kelmoqda. Bu yil Haj amallari 30 avgustdan 4 sentabrgaça ado etiladi. Favqulodda yuqori harorat köpinça kuçli yonğinlarni keltirib çiqaradi.