«PSJ» hujumçisi Neymarning ma'lum qilişiça, «Barselona» rahbariyatida klubda yuqori lavozimlarni egallaşi kerak bölmagan kişilar bor.

«Barselona»da bunday rahbariyat bor ekanidan juda afsusdaman. Ular şunday yuqori lavozimlarni egallaşi kerak bölgan kişilar emas. «Barselona» köproqqa loyiq. Men «Barselona»ga endigina ötganimda, hammasi yaxşi edi, biroq keyin... Mening u yerda köplab döstlarim bor, «Barselona»da baxtli tört yilni ötkazdim», - deya Neymarning sözlarini keltiradi Football Espana.

Eslatib ötamiz, Neymar yozgi transferlar oynasi vaqtida «Barselona»dan «PSJ»ga 222 mln yevro evaziga ötdi.

Avvalroq «Barselona» muxlislari klub rahbariyati iste'fosini talab qilayotgani xabar qilingandi.