21 avgust kuni Osiyo Futbol Konfederatsiyasi Boş kotibi Dato Vindsor Jon va Osiyo Futbol Konfederatsiyasining futbol uyuşmalari bilan işlaş departamenti boşliği Ravi Kumar rasmiy taşrif bilan Toşkentga keldi. Bu haqda ÖFF rasmiy sayti xabar bergan.
OFK delegatsiyasining taşrifdan közlangan asosiy maqsadi 12 sentabr kuni Toşkentda bölib ötadigan Özbekiston Futbol Federatsiyasining hisobot-saylov konferensiyasiga tayyorgarlik işlari bilan yaqindan tanişiş böldi.
Taşrif dasturiga muvofiq OFK Boş kotibi Dato Vindsor Jon Özbekiston Futbol Federatsiyasi Prezidenti Mirabror Usmonov bilan uçraşdi. Özbekiston Futbol Federatsiyasida bölib ötgan uçraşuv çoğida Mirabror Usmonov birinçi marta Özbekistonga taşrif buyurayotgan OFK Boş kotibiga mamlakatda sportni, şu jumladan, futbolni rivojlantiriş böyiça amalga oşirilayotgan işlar yuzasidan qisqaça axborot berdi.

OFK Boş kotibi Dato Vindsor Jon Özbekistonni Markaziy Osiyodagi eng muhim federatsiyalardan biri ekanligiga alohida urğu berib, Osiyo bugungi Özbekistonning xalqaro futbol maydonlardagi yutuğini tan olayotganligini ta'kidladi. Tomonlar, şuningdek, ÖFFning hisobot-saylov konferensiyasiga doir masalalalar yuzasidan özaro fikr va tajriba ham almaşdi.


Mirabror Usmonov bilan uçraşuvdan keyin OFK delegatsiyasi Özbekiston Milliy Olimpiya Qömitasiga taşrif buyurib, sportni yanada rivojlantiriş böyiça qilinayotgan işlar bilan yaqindan tanişdi. Dato Vindsor Jon, şuningdek, Milliy Olimpiya Qömitasi huzuridagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazining faoliyatini qisman kuzatiş imkoniyatiga ega böldi va markaz hududida bunyod etilayotgan murakkab jarrohlik amaliyotlari bajariladigan kardio-xirurgiya klinikasining quriliş işlari bilan ham qiziqdi.
OFK delegatsiyasi bugunning özida Toşkentdagi “Bunyodkor” stadioniga taşrif buyurib, özbek futboli tarixi muzeyini közdan keçirdi. “Bunyodkor” boş direktori Murod Aliyev OFK boş kotibiga “Bunyodkor” stadionining tarixi, qurilişi va bugungi kunda amalga oşirilayotgan işlar haqida gapirib berdi. OFK Boş kotibi Dato Vindsor Jon “Bunyodkor” stadioni faxriy mehmonlari kitobida öz dastxatini ham qoldirdi.












