Yoz kunlari öz nihoyasiga yetib bormoqda, ammo ayrim öquvçilarimiz endigina iş ta'tilini qölga kiritib sayohatga jönab ketişni maqsad qilib turgan bölsa ajab emas. Sayohat kişiga huzur bağişlaşi lozim, uqubat emas. Şunday ekan, uning mazmunli va baxtli onlar boy ötişi uçun tajribali sayyohlar 7 narsani heç qaçon esdan çiqarmaslikni maslahat beradi.

1. Yuk jamadoni

Barça kişilar uyidan çiqib közlagan manziliga eson-omon yetib olgunça, undan keyin ham şaxsiy buyum va kiyimlarini olib yuriş uçun yaxşi jamadonga ega bölişi lozim. Ayniqsa ayrim aeroport, taksi va mehmonxona xodimlarining yuklarga e'tiborsizlik bilan ziyon yetkazib qöyişini hisobga olsak, bu örinli tavsiyadir.

2. Oyoq kiyimlar

Odatda köpçilik sovuq iqlimdan issiq tabiat sari yoki aksinça harakatlanadi. Bundan taşqari, sayyohlar notaniş şaharda piyoda sayr qilişni, köçalarni kezib yurişni yoqtiradi. Uşbu holatda oyoq kiyimi, paypoqlarni sayohatingizga mos keladiganini tanlab oling. Şuningdek, yengil şippak ham zarur böladi. Tajribali sayyohlar doimiy foydalanişda bölgan oyoq kiyimni dam olişga olib ketişni tavsiya etadi, negaki yangisi ilk damlarda biroz «qaysarlik» qilişi mumkin.

3. Şaxsiy xafsizlik

Sizga notaniş maydon va köçada yöqolib qolmaslik uçun diqqatga sazovor bino va manzarani eslab qoling. Sumkangizga albatta mahalliy hudud xaritasini solib qöying. Taşrif buyurişingizdan avval bu joyning qonunçiligida nazarda tutilgan taqiqlar va aholi haqida umumiy ma'lumotga ega böling.

4. Yangi tajriba va istak

Har qanday mamlakatda sayyohlar uçun yaratilgan infratuzilma va şaroitlarga duç kelişingiz mumkin va bularning barçasi odatdagidan köra qimmatga tuşadi. Ovqatlaniş va yotoq joylarni tanlaganda gigiyenik qoidalarga rioya qiling, şunga qaramay arzon narxda taklif etilayotgan maskanlarga, aholi gavjum joyga borganingiz ma'qul. Şuning bilan yangi tajriba qiliş mumkin bölgan dastur uçun katta sarf xarajat qiliş imkoniyatiga ega bölasiz.

5. Dori-darmon

Siz yaşab turgan joyingizdan çiqqaningiz zahoti soğliğingiz uçun zarur bölgan dori vositalarini topa olmay qolişingiz yoki uning narxi qimmat bölişi mumkin. Şuning uçun bulardan yetarli miqdorda ğamlab oling.