«Surxondaryo: Boy meros, turizm va islohotlar uyğunligi» mavzusida Surxondaryoda bölib ötgan Xalqaro press klubning sayyor sessiyasida Surxondaryo viloyat hokimi Erkinjon Turdimov moderator Şerzodxon Qudratxöjayevning paxta yiğim terimiga byudjyet taşkilot xodimlarining jalb qilinişi borasidagi savollariga javob qaytardi.
— Men viloyat rahbarligiga kelgan kunimoq, uşbu masalani kötarganmiz. Öqituvçi va şifokorlarning dala işlariga, köçada qator bölib obodonçilik işlari bilan şuğullanişiga töliq barham beramiz.
Özingiz öylab köring, majburlab, mehnatiga pul tölanmasdan dalaga olib çiqilgan öqituvçi yo şifokor çopiq va boşqa dala işlarini vijdonan bajaradimi? Qarğab-qarğab işlamaydimi? Bu axir paxta hosiliga ham ta'sirini ötkazmasdan qolmaydi-ku?
Ikkinçidan, bu yil paxtaning xarid narxi sezilarli tarzda oşirildi, terimçilarga paxta yiğim-terimi uçun tölanadigan pul ham oşmoqda. Surxondaryoda yollanma işçi kuçi juda arzon — kuniga 20–25 ming sömga işlaşadi. Paxta uçun 400 sömdan pul tölanişini hisobga olsak, 100 kilogram paxta teradigan inson kamida kuniga 40 ming va undan ham köproq pul işlab topişi mumkin. Fermerlar ana şunday kişilarni yollab, pulini tölab, özlari yiğib-terib olişadi paxtani kerak bölsa. Öqituvçilarni dalaga çiqaradigan bölsak, fermerlar dangasa bölib qoladi.
Mana, ilgari maktab öquvçilarigaça paxtaga çiqarilardi. Barham berildi. Keyin kollej öquvçilari çiqarilardi, bunga ham barham berildi. Paxta terilmasdan qolib ketayotgani yöq-da.
Takrorlab aytaman: Surxondaryoda na öqituvçi, na şifokor paxta yiğim-terimiga jalb qilinmaydi. Birovga yaxşi köriniş, rejani bajariş uçun boşqalarni majburlab paxtaga olib çiqiş — noinsoflik! — dedi viloyat hokimi Erkinjon Turdimov.












