Angliya premer-ligasining 2-turidagi eng markaziy uçraşuv Londonda bölib ötdi. «Uembli»da ötgan ilk APL uçraşuvida «Tottenhem» «Çelsi»ni qabul qildi.

Uçraşuvning birinçi bölimida Markos Alonso jarimadan gol urib hisobni oçdi. Ikkinçi bölimning sönggi qismiga kelib zaxiradan maydonga tuşgan Mişi Batşuayi öz darvozasiga töp kiritib qöygan bölsa, sönggi daqiqalarda yana Markos Alonso mehmonlar joniga oro kiruvçi gol muallifi böldi.

Uşbu ğalabadan keyin ikkala jamoa hisobidagi oçkolar soni ham 3taga yetdi.

APL, 2-tur

Tottenhem – Çelsi 1:2 (0:1)

Gollar: Batşuayi (82, avtogol) – Alonso (24, 88)
Tottenhem: Loris, Dayyer (Son Xyn Min, 68), Alderveyreld, Vertongen, Tripper (Yanssen, 90), Vanyama, Dembele, Devis (Sissoko, 80), Alli, Eriksen, Keyn.
Çelsi: Kurtua, Aspilikueta, Kristensen, Ryudiger, Mozes, Bakayoko, David Luiz, Kante, Alonso, Villian (Pedro, 78), Morata (Batşuayi, 79).
Ogohlantirişlar: Ryudiger (30), Dayyer (31), David Luiz (38), Vertongen(51), Alderveyreld (83), Alonso (87), Keyn (88).