Uy-joy oldi-sotdisi bilan röbaro‘ kelmagan odamni topiş qiyin bölsa kerak. Mutaxassislarning fikriça, xaridor 5-10 daqiqa içidayoq uyni oliş-olmasligi haqidagi qarorni çiqarar ekan, uning e'tiborini birinçi navbatda uyning ahvoli va şipning balandligi tortarkan. Bu haqda Norma.uz yozmoqda.

Uyga xaridor topildi, deylik. Hujjatlarni rasmiylaştiriş sanasini kelişib oldingiz, mana, şu bosqiçda köpçilik sotuvçilar bir xatoga yöl qöyişadi. Ular telefonni öçirib qöyişadi: qönğiroq qilayotganlarga uy sotilganini aytişadi, har qanday reklamani olib taşlaşadi. Çunki ular xaridor özi uçun yanada foydaliroq bölgan variantlarni izlayotgan bölişi mumkinligini xayollariga keltirişmaydi.

Kelişilgan kunda xaridordan darak topolmagan sotuvçi xavotirga tuşa boşlaydi. Qönğiroqlarga  javoban xaridor hammasi joyida ekani, mablağni töplayotganini ma'lum qiladi (ertaga qarzni qaytarişadi, uç kundan keyin maşinaning pulini olib kelişadi, ertaga qarindoşim qarz berib turadi, xullas, bahonalar köp). Bir oy ötar-ötmas esa u boşqa uyni sotib olgani va hujjatlarni ham rasmiylaştirib ulgurganini bildiradi...

Şu bois sotuvçi xaridor töliq hisob-kitob qilmaguniga qadar, oldi-sotdi şartnomasi notarius tomonidan tasdiqlanmaguniça uy sotilişi haqidagi e'lonni olib taşlamasligi kerak. Bundan taşqari, xaridor bilan uy oldi-sotdisi böyiça töliq kelişuvga kelingandan keyin dastlabki tölov masalasini darhol kötariş zarar qilmaydi.

Deylik, xaridor uyni olişi aniq ekanini tasdiqlovçi dastlabki tölovni kiritişga rozi böldi va uning summasi ham kelişib olindi. Bu jarayonni qanday qilib töğri hujjatlaştiriş kerak, keyin nizolar kelib çiqmasligi uçun pulni qanday qilib oliş/beriş kerak.

Zakalatmi yoki avans (bönak)

Fuqarolik kodeksining 311-moddasida şunday deyilgan: «Şartnoma tuzayotgan taraflardan biri şartnoma tuzilganligini isbotlaş va uning ijrosini ta'minlaş yuzasidan beradigan pul summasi zakalat hisoblanadi. Zakalat töğrisidagi kelişuv zakalatning summasidan qat'i nazar, yozma ravişda tuzilişi kerak. Şartnomadagi taraf amalga oşipişi kerak bölgan tölovlap hisobidan tölangan summa zakalat ekanligiga, xususan uşbu moddaning ikkinçi qismida belgilangan qoidaga rioya qilinmasligi oqibatida, şubha tuğilgan taqdirda, bu summa, agar boşqa hol isbotlangan bölmasa, bönak sifatida tölangan deb hisoblanadi».

Fuqarolik kodeksining 312-moddasida esa zakalat bilan ta'minlangan majburiyatni bekor qiliş va bajarmaslik oqibatlari keltirilgan: «Majburiyat uni bajarişdan oldin taraflarning kelişuviga muvofiq yoki bajarişning imkoni yöqligi oqibatida bekor qilingan taqdirda zakalat puli qaytarib berilişi kerak. Agar şartnomaning bajarilmasligi uçun zakalat puli bergan taraf javobgar bölsa, zakalat ikkinçi tarafda qoladi. Agar şartnomaning bajarilmasligi uçun zakalat olgan taraf javobgar bölsa, u ikkinçi tarafga zakalatni ikki baravar qilib qaytarişi şart. Bundan taşqari, şartnomaning bajarilmasligi uçun javobgar bölgan taraf, agar şartnomada boşqaça tartib nazarda tutilgan bölmasa, zakalat summasini hisobga olgan holda ikkinçi tarafga zararlarni tölaşi şart».