21 avgustdagi töliq quyoş tutilişi Toşkent vaqti bilan soat 23.25ga töğri keladi. Özbekistonda bu vaqtda yarim tun bölgani sababli bu ajoyib manzarani bevosita kuzatişning iloji bölmaydi, biroq uni internetda onlayn kuzatiş mumkin böladi. Quyoş tutilişi AQŞ hududi uzra ötadi va 1,5 soat davom etadi, ammo bu vaqtdan 2,4 daqiqagina u maksimal fazada böladi. Bu payt Oy soyasining Yer sirtidagi eni 115 km ni taşkil qiladi!

Olimlarning prognozlariga köra, keyingi töliq quyoş tutilişi 2025 yil 25 avgustda sodir böladi. Şu sababli NASA xodimlari hozirgi imkoniyatdan foydalanib, Quyoşning hali noma'lum bölgan sirlarini oçiş istagidalar. Jumladan, ular quyoş tutilişi ionosferaga ta'sir qilişi-qilmasligini va quyoş şamoli qaysi tomondan esişini aniqlaşmoqçi.