Baxtli böliş uçun qaysi odatlardan voz keçiş kerak? "Layfxaker" şunga doir tavsiyalari bilan bölişdi.
1. Boşqalarni yomon niyat qilişda gumon qiliş
Ba'zan odamlar arzimagan narsalardan xafa bölişadi: masalan, dösti yöllangan xabarga javob bermasa yoki hamkasbi tuşlikka çaqirmasa. Agar şunday narsalardan xafa bölsangiz, siz atrofdagilarni yomon niyat qilişda gumon qilgan bölasiz va ular sizni atayin xafa qilmoqçi bölgan, deb öylaysiz.
Baxtli odamlar bunday mayda narsalarga e'tibor berişmaydi. Hoynahoy, döstingiz sizni xafa qilmoqçi bölmagan, şunçaki imkoni bölmagani uçun tez javob bera olmagan; hamkasbingiz esa tuşlikka boşqa payt çiqmoqçi bölgandir. Atrofdagilarga gumon bilan qarayvermang va har narsani köngilga yaqin olavermang.
2. Faqat özingiz bilan çeklanib qolmang
Hayotni murakkablaştirişning töğri yöli - özingizni xuddi dunyo faqat sizning atrofingizda aylanadigandek tutiş. Qanday rejalar tuzmang, ular doim boşqalarga ham boğliq böladi. Reja tuzayotganingizda boşqalarning istak va imkoniyatlarini ham inobatga oling. Şunda kimdir sizning mukammal rejangizni buzgani uçun xafa bölib ötirmaysiz.
3. Ekstremal pessimizm
Har safar u yoki bu vaziyat qanday hal bölişi mumkinligi haqida öylaganda ortiqça pessimistik prognozlar qilmang. Masalan, agar tomoğingiz oğriyotgan bölsa, bu saratonga yöliqdingiz degani emas.
Ekstremal fikrlarni ildizi bilan yöqoting. Ular sizni yanada köproq asabiylaşişga majbur qiladi, natijada hayotingizni yaxşi nazorat qila olmay qolasiz.
4. Noreal narsalarni kutmang
Özingiz va atrofdagilarning xatti-harakatlari hamda imkoniyatlariga töğri baho bering. Masalan, sizning turmuş örtoğingiz birinçi uçraşuvda qanday kiyimda bölganingizni yodida saqlab qolişi şart deb öylamang, yo bölmasa, murakkab imtihonga bir soatda tayyorlaniş mumkinligi ham haqiqatdan yiroq.
Kutgan narsamiz amalga oşmay qolsa, xafa bölamiz. Özingiz va boşqalardan imkoniyat doirasidan ortiğini kutmay yaşasangiz, baxtli hayot keçirasiz.
5. Ilohiy belgini kutiş
Biror işga qöl uriş uçun yuqoridan belgi kutib ötirişga hojat yöq, zero ilohiy belgi umuman kelmasligi ham mumkin. Agar çin dildan nimanidir xohlasangiz, uni amalga oşirişga kirişing, şunda boy berilgan imkoniyatlar uçun afsuslanmaysiz.












